2-iyun, yakshanba kuni tongida Nyu-York shahridagi Madison Square Garden arenasida navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etildi.

Foto: Twitter

Unda to‘rtta vazn toifasida Jahon chempioni, mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelayotgan britaniyalik bokschi Entoni Joshua (22 ta g‘alaba, 21 ta nokaut) amerikalik Endi Ruisga (32 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 21 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raundga mo‘ljallangan jangning yettinchi raundda Ruis texnik nokaut evaziga Joshuani mag‘lubiyatga uchratdi va bir yo‘la 4 ta kamarni qo‘lga kiritdi (WBA, WBO, IBF va IBO).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!