UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi haqida ma’lumot berdi.
“Habib — Fergyuson jangi 18-aprel kuni Bruklindagi jang oqshomining eng asosiy voqeasi bo‘lishi kerak”, — deydi UFC rahbari.
Oradan biroz vaqt o‘tib Habibning menejeri Ali Abdulaziz 25-noyabr kuni mijozi jang shartnomasiga qo‘lga qo‘yganini e’lon qildi.
“Chempionimiz Toni Fergyusonga qarshi jang uchun shartnomaga imzo chekdi. Burgut 18-aprel kuni Bruklinga yana bir bor qo‘nadi. Bu muxlislar uchun”, — deya shartnomadan surat qoldirgan Abdulaziz.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)