Dam olish kunlarida yog‘ib o‘tgan yog‘ingarchiliklardan keyin bugun O‘zbekiston hududida ob-havo yog‘inlarsiz va kam bulutlidir, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, bunday hol nam havo oqimlarining Ural tomondan respublikaga kirgan juda sovuq antisiklon bilan o‘rin almashishi bilan bog‘liq. Kunduzgi harorat 0 darajadan oshmaydi.
26-noyabr kuni antitsiklon ta’siri kuchayadi. Natijada tungi harorat 6—8 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda esa 10—12 daraja sovuqqacha tushadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni 3 darajagacha ilitadi.
Keyingi kunlarda antisiklon Qozog‘istonning shimoli-sharqiy qismi tomon harakatlanib, ta’sirini kamaytiradi. Haftaning juma kuniga kelib tungi sovuq 0—5 darajagacha ko‘tariladi, kunduzi havo harorati 5—7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)