• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” tongi: Narkotiklarning Toshkent ko‘chalaridagi reklamasi, “Kun.uz”ning nomidan 3000 dollar olgan tovlamachi, uch darajali yangi pensiya tizimi

    Toshkentda giyohvand moddalar sotiladigan saytni reklama qiluvchi bannerlar aniqlandi. Buni dastlab jurnalist Muhammadsharif Mamatqulov Toshkentdagi Ohangaron yo‘lida o‘rnatilgan bannerda payqab qolgan va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar bergan (so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, banner olib tashlangan). Bunday bannerlar Samarqandda ham borligi aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, bannerdagi saytni o‘zbekistonlik bloger qiz o‘zi bilmagan holda reklama ham qilib qo‘ygan.

    Foto: Facebook / Muhammadsharif Mamatqulov

    Foto: Facebook / Muhammadsharif Mamatqulov

    O‘zbekistonda uch darajali pensiya tizimi joriy qilinadi. Bunda, birinchi darajada, davlat minimal pensiya miqdorini belgilaydi. Ikkinchi darajada xodimning ish haqidan muayyan summa ushlanib, uning shaxsiy hisobvarag‘ida to‘planadi va Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan foiz hisoblab boriladi. Uchinchi darajada esa xodim pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘ miqdorini o‘zi belgilaydi. Bu — Prezident topshirig‘i, faqat qachon amalga oshirilishi hozircha ma’lum qilingani yo‘q.

    Samarqandda tovlamachiligi uchun qo‘lga olingan “muxbir”ning “Kun.uz”ga aloqasi yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, mahalliy bosma nashrlardan birida ishlovchi jurnalist Sh.Q. o‘zini “Kun.uz” muxbiri deb tanishtirib, tumandagi bog‘chalardan birining mudirasidan 3000 dollar pul talab qilgan (u avval ham tovlamachilikda ayblanib, 3 yil “o‘tirib” chiqqan). Voqea oktabrda bo‘lgan, hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    “O‘zstandart” Red Bull energetik ichimligiga sertifikat berishni rad etdi. Nega birdan? Ichimlik yorlig‘idagi ma’lumotlar davlat tilida (ya’ni, o‘zbek tilida) mavjud bo‘lmaganligi sababli mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish rad etilgan. Bu ichimlikni O‘zbekistonga Mirolim Mirahmatov rahbarligidagi New Optimal kompaniyasi import qilarkan — bozor o‘zbekcha yorlig‘i yo‘q mahsulotlarga to‘lib yotgan bir vaqtda aynan Red Bull’ga “tashlanib qolishgani” g‘alati.

    Xorijdagi o‘zbekistonliklar haqida. Qozog‘istonning salkam ikki yil avval 52 o‘zbekistonlik yonib ketgan viloyatida bu safar 55 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus qahraton yo‘l o‘rtasida buzilib qoldi — hamma qutqarilgan, o‘zbekistonliklar orasida tibbiy yordamga muhtojlar yo‘qligi aytilmoqda. Rossiyaning Voronejida esa fojia — 13-qavatdan tushgan g‘ishtlar bosib qolishi oqibatida o‘zbekistonlik ikki mehnat muhojiri halok bo‘lgan.

    Dunyoda nima gap? Trampni mamlakat uchun “qiyosi yo‘q xavf” deb hisoblaydigan milliarder Maykl Blumberg AQSh prezidenti saylovida ishtirok etish uchun kerakli hujjatlarni Federal saylov komissiyasiga topshirdi — u o‘z vaqtida Nyu-York shahrini ancha yaxshi boshqargan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Severodvinskda halok bo‘lgan mutaxassislar “dunyoda muqobili yo‘q qurol” ustida ish olib borgani, Rossiya nima bo‘lishidan qat’iy nazar bu qurolni ishlab chiqishini ma’lum qildi. Isroil bosh prokurori esa mamlakat bosh vaziri Benyamin Netanyahuga nisbatan uchta jinoyat ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilish niyatida ekanini bildirdi — ular orasida poraxo‘rlik bo‘yicha ish ham bor.

    22.11.2019, 07:36   Izoh (0)   44217
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qonunchilik palatasi deputatlari ta’lim va sog‘liqni saqlashga ajratilgan mablag‘lar o‘zlashtirilmay qolganini tanqid qildi

    22.11.2019, 07:12

    Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyada muhim kelishuvlarga erishdi

    22.11.2019, 06:37

    Afg‘onistonlik ishbilarmonlar Surxondaryoda za’faron yetishtirishni yo‘lga qo‘ymoqchi

    22.11.2019, 05:36

    Qoraqalpog‘istonda qariyb 1 mlrd so‘m soliq to‘lamagan korxona mansabdor shaxslariga jinoiy ish ochildi

    22.11.2019, 04:35

    Toshkentda 10 oy ichida noqonuniy ishlayotgan 148 ming kishining faoliyati qonuniylashtirildi

    22.11.2019, 03:34

    Yuqorichirchiqda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik yo‘qolib qoldi

    22.11.2019, 02:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.