• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Is gazidan zaharlanish holatida qanday choralar ko‘rish kerak?

    Kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq hodisalar yuz bermoqda. “Hududgazta’minot” kompaniyasi mazkur holatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida ma’lumot berdi.

    Is gazi nima?

    Is gazi (uglerod oksidi) — rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi — CO2. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biri hisoblanadi.

    Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi sababli yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin. Is gazi organizmga tushganda, u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi.

    Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari

    • Bosh miya tizimida: uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushini yo‘qotish;
    • Ko‘rish tizimida: ko‘z oldining qorong‘ilashishi;
    • Eshitish tizimida: eshitish qobiliyatining pasayishi;
    • Teri qismida: terlash kuchayishi;
    • Nafas olish tizimida: nafas olishning og‘irlashishi, yo‘tal;
    • Yurak qismida: puls va arteriya bosimining ortishi;
    • Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash).
    Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi?
    • Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda;
    • Avtoulovlar turargohlarida;
    • Yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda;
    • Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda;
    • Pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida.
    Bundan tashqari, hozirda savdo do‘konlarida sotilayotgan, gazda ishlaydigan har xil turdagi gaz uskunalari, jumladan, Eronda ishlab chiqilgan “kamin” gaz uskunasini isitish mavsumida ishlatib, keyin olib qo‘yish mumkin.

    Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu gaz uskunasi boshqa davlatda ishlab chiqilgani sabab uni o‘rnatish va foydalanishga doir texnik pasport o‘zbek yoki rus tillariga tarjima qilinmagan. Buning oqibatida, undan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishish imkoni bo‘lmaydi. Mazkur gaz uskunasi o‘zboshimchalik bilan, mutaxassisning ko‘rsatmasisiz qurilish me’yorlari va qoidalari talablarini buzgan holatda o‘rnatilmoqda. Natijada esa insonlar is gazidan zaharlanib vafot etmoqda.

    Tabiiy gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi?

    • O‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi o‘rnini almashtirish, uni yangilash va tuzatish;
    • Gaz asboblari o‘rnatilgan xonalar rejasini o‘zgartirish;
    • Dudburon va shamollatish tizimlarini o‘zgartirish;
    • Xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qo‘yish;
    • Maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan shaxslarning gaz asboblaridan foydalanishi;
    • Gaz va gaz asboblaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
    • Gaz asboblari o‘rnatilgan xonada uxlash va dam olish;
    Suyultirilgan gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi?
    • Bo‘sh va suyultirilgan gazli ballonlarni xona hamda yerto‘lalarda saqlash;
    • Gazlashtirilgan xonaga 50—55 litr sig‘imli ballondan bittadan ortiq yoki 27 litrli ballondan ikkitadan ortiq qo‘yish;
    • Ballonlarni qizishdan saqlaydigan to‘siq o‘rnatilgan bo‘lsa, ballon bilan isitish asbobining oralig‘i yarim metrgacha qisqartirilishi mumkin, ballon bilan to‘siqning orasi esa 10 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak;
    • Ballonlar bilan o‘t yoqish eshigining oralig‘i 2 metrdan oz bo‘lmasligi lozim;
    • Xonaga o‘rnatilgan ballonlar almashtirilayotganda elektr yoritkichlarni yoqib-o‘chirish, ochiq olovdan, elektr isitish asboblari va isitish pechkalaridan foydalanish;
    • Ballonlarni almashtirish ishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar borligida ballonlarni almashtirish.
    Gazdan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?

    Barcha holatdagi og‘ir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:

    1. Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak;
    2. Jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarini ko‘tarilgan holatda yotqizish;
    3. Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yig‘ishtirish (tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish va boshqalar);
    4. Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi;
    5. Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sun’iy nafas oldirishni boshlash lozim;
    6. Nashatir spirtini hidlatish;
    7. Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish;
    8. Jabrlanuvchining holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy yoki qahva ichirish;
    9. Kislorod yostig‘i yordamida kislorod berish.
    Avvalroq Andijonda gaz chaqnashi tufayli fuqaroning uyi portlagan, uch kishi kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Jizzaxda esa IIB binosini ta’mirlayotgan 7 nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etgan.

    Shuningdek, Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida is gazidan bir oiladan ikki kishi zaharlangan va ulardan biri vafot etgan edi. 17-noyabr kuni esa Namanganda ona va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi. Noyabr oyining boshlarida Samarqanddagi yangi qurilayotgan uyda 5 nafar usta is gazidan zaharlangan edi.

    21.11.2019, 21:23   Izoh (0)   39176
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda giyohvand moddalar sotiladigan saytni reklama qiluvchi bannerlar aniqlandi

    21.11.2019, 21:19

    Chimkentdagi qurilishda tom qulashi oqibatida 6 nafar o‘zbekistonlik ishchi jarohat oldi

    21.11.2019, 20:50

    O‘zbekistonlik bloger qiz o‘zi bilmagan holda giyohvand moddani reklama qilgani ma’lum bo‘ldi

    21.11.2019, 20:27

    Mustaqillik davrida necha kishi O‘zbekiston fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi

    21.11.2019, 20:11

    Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi poyezddan yiqilib halok bo‘ldi

    21.11.2019, 19:42

    O‘zbekistonda 22-noyabr kuni tuman tushib, ayrim joylarda kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

    21.11.2019, 19:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.