“Olmaota—Saratov” yo‘nalishi bo‘yicha 2019-yil 14-oktabr kuni harakatlanayotgan poyezd yo‘lovchisi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi poyezddan yiqilib tushdi. Olingan jarohatlar oqibatida yo‘lovchi Rossiyaning Sol-Iletsk shahri kasalxonasida vafot etdi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Ural mintaqasi bo‘yicha transportda tergov boshqarmasi tomonidan ma’lum qilindi.
Hodisa Rossiyaning Orenburg viloyati Sol-Iletsk tumani hududida yuz bergan. Holat yuzasidan boshqarma tomonidan jinoiy qo‘zg‘atilgan.
Ayni paytda holatga aniqlik kiritish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda, guvohlar va poyezd brigadasi xodimlari so‘roq qilinmoqda. O‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Izoh (0)