“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 22-noyabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 0—2 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, ba’zi joylarda 8 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlariHavo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi hamda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.
Izoh (0)