• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rasul Kusherbayev va Alisher Sa’dullayev test tizimidan voz kechish masalasiga munosabat bildirdi

    Davlat boshqaruvi akademiyasi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 20-noyabr kuni “Yoshlarda ijtimoiy faollikni shakllantirishning zamonaviy muammolari: liderlik, ijodkorlik, innovatsiyalar” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Unda deputat Rasul Kusherbayev test tizimidan butunlay voz kechish kerakligi haqida gapirdi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

    Foto: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti

    Foto: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti

    Xabar berilishicha, tadbir ishtirokchilaridan biri bugungi kunda bolalar psixologlar tavsiyasi asosida layoqatiga qarab maktabga qabul qilinayotgani, bu ularning qobiliyati yuzaga chiqishiga katta yordam berayotganini ta’kidlab, bu tajribani oliy ta’lim tizimiga, xususan, pedagoglarni tayyorlash jarayoniga ham joriy etish lozimligi, chunki abituriyentlar test sinovlaridan o‘tib, talaba bo‘lgani bilan ularda ko‘p hollarda bolalarga dars berish, o‘quvchilar bilan ishlash layoqati yetishmayotgani, buning oqibatida pedagogika yo‘nalishida o‘qigan yigit-qizlarning ko‘pchiligi boshqa sohalariga o‘tib ketayotganiga e’tibor qaratdi.

    Mutasaddilardan yuqoridagi omillarni inobatga olib, kirish imtihonlaridan oldin abituriyentlarni psixologik suhbatdan o‘tkazib, ularning tanlagan sohasi bo‘yicha layoqatini sinovdan o‘tkazish joriy etilishi ehtimoli bor-yo‘qligi so‘raldi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev bu savolga javoban test tizimi ma’lum bir qolipdagi savol-javoblar bilan abituriyentga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishiga kafolat berishi mumkinligi, lekin bu tizim nomzodning dunyoqarashi, psixologik dunyosi qay darajada ekanini aniqlab bermasligi haqida gapirdi.

    “Test tizimidan butunlay voz kechib, abituriyentlar o‘qishga faqat suhbat, savol-javob asosida qabul qilinishi kerak deb hisoblayman va bu o‘zini oqlaydi. Nafaqat pedagogika, balki hamma yo‘nalishlar nomzodlar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga savol-javob va suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi kerak. Savol-javob qiladigan, suhbat oladigan halol, adolatli, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydigan mutaxassislarni topa olsak, masala shu yerda. Men shunday hisoblayman. Test tizimi hech qachon o‘zini oqlamaydi”, — deb ta’kidlagan Rasul Kusherbayev.

    Qayd etilishicha, mazkur masala yuzasidan prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullayev ham o‘z munosabatini bildirib o‘tgan.

    Foto: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti

    Foto: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti

    “Bu yoshlar uchun haqiqatan ham og‘riqli savol. Agar xorijiy tajribaga qaraydigan bo‘lsak, ma’lum bir belgilab qo‘yilgan standart testlar bo‘ladi. Rivojlangan davlatlarga qarasangiz, GMAT, SAT, GRE degan alohida test tizimlari bor. Bu test tizimlari davlatdan mustaqil ravishda asosan xususiy sektor vakillari tomonidan boshqarilishi ko‘zda tutilgani uchun ham test jarayonidagi nohaqliklarning, misol uchun, qanaqadir tushunmovchiliklarning oldi olingan. Masalan, Amerika maktablarida SAT testidan yaxshi baho olgan bola avtomatik ravishda o‘qishga kirib ketadi”, — degan Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi.

    Uning ta’kidlashicha, suhbat jarayonida bir abituriyent bilan 5 daqiqa gaplashib, unga o‘qishga kirish haqida tavsiya bersa, boshqasi bilan 10 daqiqa gaplashsa-yu u imtihondan yiqilsa, savollar yanada ko‘payadi.

    “Shuning uchun ham xorijiy tajribaga qaralsa, adolat mezoni alohida bitta imtihon testiga bog‘liq bo‘ladi. Bu test aynan test bo‘lishi shart emas. Oddiy SAT test tizimini olib qarasak, ularning ma’lum bir qismida kichkina testlar bor. Unaqa keng testlar emas. Bizning tizimdagidek ko‘p test berilmaydi. Ularda 4-sinf bolasiga kuz va bahor aks etgan ikkita rasm berilib, ular o‘rtasida farqni topib berish va mazkur ikki surat o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi boshqa bir surat chizib berish so‘raladi. Miyaning bir qismi mantiq, bir qismi ijodiy yondashuvga javob beradi deyishadi. Xorijdagi test savollariga ana shu omillardan kelib chiqib javob berish talab etiladi”, — dedi Alisher Sa’dullayev.

    Uning qayd etishicha, yangi narsani kashf qilish kerakmas. Xalqaro tajribani o‘rganish kerak. Davlat test markazi tomonidan CEFR testini muvaffaqiyatli topshirganlar ingliz tili imtihonlaridan ozod qilinishi ham bu boradagi ijobiy qadamlardan biri hisoblanadi.

    Alisher Sa’dullayevning fikricha, bitta yo‘nalishga standartlashgan test tizimiga o‘tish kerak.

    20.11.2019, 21:40   Izoh (0)   24781
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi

    20.11.2019, 21:24

    Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi bilan tanishdi (foto)

    20.11.2019, 21:08

    Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli korxona mansabdorlari 2,3 mlrd so‘m budjet pullarini o‘zlashtirdi

    20.11.2019, 20:50

    BBC o‘zbek milliy taomlari sog‘liq uchun foydali ekanligini e’tirof etdi

    20.11.2019, 19:27

    “Yuksalish” harakati dunyodagi eng baland flagshtoklar reytingini tuzdi. Urganchdagi O‘zbekiston bayrog‘i reytingning 15-o‘rnidan joy oldi

    20.11.2019, 18:39

    O‘zbekistonda rahbariyat yuksak lavozim taklif qilsa, rad etish mumkinmi? Rahbariyat rad javobiga qanday munosabat bildiradi? Tanzila Norboyeva javob beradi

    20.11.2019, 18:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi — manba

    Sport | 12 may, 17:16

    Olimlar koinot tugashiga qancha qolganini hisoblab chiqdi

    Dunyo | 12 may, 17:15

    Maxachkala—Toshkent bo‘yicha parvozlar bir oy davomida kechikishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 may, 17:00

    Qatar elchixonasi Trampga “uchar saroy” sovg‘a qilinishiga munosabat bildirdi

    Dunyo | 12 may, 16:50

    Kredit va qarzlar aslida ruhiyatingizga qanday taʼsir qiladi?

    Layfstayl | 12 may, 16:40

    BAAda “sun’iy intellekt” fani joriy etiladi

    Dunyo | 12 may, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.