Bugun, 18-noyabr kuni soat taxminan 12:00 da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Hamid Olimjon” mahallasidagi 2 qavatli uylarning birida gaz to‘planib chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatda bir kishi jarohatlangan. Voqea joyiga zudlik bilan tezkor tergov guruhi yetib borgan.
Tergov departamenti holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.
Noyabr oyining o‘rtalarida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida namunali uylarning xonadonida gaz chaqnashidan yong‘in sodir bo‘lgandi. Oqibatda 2 fuqaro vafot etgan, yana 4 nafari tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgandi.
Sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida esa uyning deraza romlari, eshiklari, yotoqxonaning devorlari va shifti hosil bo‘lgan kinetik zarba natijasida deformatsiyaga uchrab, otilib ketgan va shiftdagi temir-beton plitalari qulab tushgan.
Izoh (0)