• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: “Paxta tergim keladi” degan shoirga Nexia, o‘zbek tilini rivojlantirishga mas’ul Kirgizbayev, Mushukkenti bor Toshkent va 12-noyabrning boshqa muhim xabarlari

    Rishtonda ikki qiz is gazidan zaharlanib, hammomda vafot etdi. Bu O‘zbekistonda sovuq kunlar boshlanganidan beri rasman oshkor qilingan 11 va 12-qurbon. Bungacha Yangiariqda to‘rt kishi, Qo‘qonda uch kishi, Samarqandda bir kishi, Nukusda esa ikki kishi is gazidan zaharlanib, o‘lgan edi.

    Abdugappor Kirgizbayev.

    Abdugappor Kirgizbayev.
    Foto: Xalqaro press-klub

    Abdugappor Kirgizbayev Vazirlar Mahkamasidagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri etib tayinlandi. Bu xabarga jamoatchilikning kinoyali munosabati o‘zini uzoq kuttirib qo‘ygani yo‘q, taxminan mana shunday chorlovlar yangramoqda: “Janob Kirgizbayev davlat tilini rivojlantirishni o‘z ismi-sharifini davlat tiliga moslashtirishdan boshlasin”.

    Senator Maqsuda Vorisova “Milliy tiklanish” gazetasini sudga berishi mumkin (lekin bermasligi ham mumkin — sud hukmi chiqqunicha saylov o‘tib ketadi-ku). Muammo nimada desangiz, O‘zLiDeP muassisligida chiqqan gazetaning sobiq bosh muharriri nazorati ostida chiqayotgan “Milliy tiklanish” gazetasida senator Rossiya kommunistlari yetakchisi Gennadiy Zyuganovning “qarindoshi”ga chiqarilibdi. Nachora — so‘z erkinligi!

    Foto: “Milliy tiklanish” gazetasida chop etilgan kollaj

    Andijon hokimi “Ravon mingim kelyapti, paxta tergim kelyapti” deb she’r o‘qigan shoirga Nexia sovg‘a qildi. Shoirning aytishicha, u Andijonga hokimning qo‘lidan mashina olish niyatida borgan va niyatiga yetgan. Hokimning qo‘shimcha qilishicha, mashina uning cho‘ntagidan emas, balki andijonlik homiylar hisobidan sovg‘a qilingan.

    Toshkentda hokimlik vakillari Abdulla Aripov va Jahongir Ortiqxo‘jayev imzosini qalbakilashtirib yarim million dollarni qo‘lga kiritgani aniqlandi. Allaqachon sudlangan bu shaxslar orasida Chilonzor tumani hokimligi qurilish bo‘lim boshlig‘i ham borligi aytilmoqda, yana ikki nafari ishsiz, bir nafari esa huquqshunos bo‘lgan.

    Toshkentdan Chorvoqqa olib boruvchi yo‘llarga uyi va mashinasidan boshqa hammayoqni axlatxona deb o‘ylaydigan “muqobil idrokli” haydovchilar va ularning yo‘lovchilari uchun maxsus yo‘l belgilari o‘rnatilishi boshlanibdi. Belgining xalqona nomi shunday ekan: “Hoy, baraka topkur, qo‘lingdagi axlatni mana bu joyga tashla, hammayoqni axlat qilma, odam bo‘l”.

    Toshkent bilan bog‘liq yana uchta xabar: Toshkentning yettita katta chorrahasiga “vafli chiziqlari” yotqizildi (tirbandliklarning oldini olish va kameralarga yordam berish uchun); Toshkentdagi elektrobuslar soni 10 taga yetkaziladi (hozircha bitta; qachonligi aytilmadi); . Toshkentda daydi mushuklar uchun uycha ochildi (mushuk do‘stdir odamga!).

    Toshkentning Nukus va Bobur ko‘chalari chorrahasidagi “Vafli chiziqlari”.

    Toshkentning Nukus va Bobur ko‘chalari chorrahasidagi “Vafli chiziqlari”.
    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

    Maosh va daromad haqida. Prezident Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi. Unga ko‘ra, Markaziy bank xodimlari endi haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlandi (ilm bilan shug‘ullanish va dars berish davomida olingan daromadlar bundan mustasno). Buyoqda esa Davlat test markazi xodimlarining maoshi ikki yarim baravarga oshadigan bo‘lib turibdi.

    O‘zbekistonda yana boshqa qanday yangiliklar bor? Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 27-noyabr kuni Toshkentda yig‘iladi. Jizzaxda lo‘li millatiga mansub fuqarolar uchun 150 milliard so‘mga 780 ta uy qurib berildi. Buxoroda IIB xodimini haqoratlab, unin qo‘lidan jezlni tortib olgan fuqaro 10 oyga qamaldi. Samarqandda bir oy komada yotgan 48 yoshli ayol hayotga qaytarildi. O‘zbekiston xurmo eksporti bo‘yicha dunyoning yetakchi uchligidagi o‘rnini yo‘qotdi.

    Jahonda-chi, jahonda nima gap? Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari markaziy Ispaniya va Fransiyaga olib boradigan yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. Hindistonda ochlikdan o‘lishni istamagan erkak atayin qamoqqa tushdi. Bashar Asadning qarindoshlari “Moskva-Siti”dan 19 ta ko‘chmas mulk xarid qilgan. Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari 1 million gektarga yaqin maydonni qamrab oldi.

    Jahon urushlari haqida. Italiyada Ikkinchi Jahon urushida o‘zbek askari ko‘rsatgan jasorat haqidagi kitob nashr etildi. “Daryo” kolumnistlari esa Birinchi Jahon urushi haqida maqola yozdi, o‘qishni tavsiya etamiz: “11-noyabr nega 9-may kabi nishonlanmaydi? Birinchi jahon urushining tugashi haqida”.

    12.11.2019, 21:00   Izoh (0)   42419
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nukusda 400 dan ortiq xususiy uylar buzilib Nukus City quriladi

    12.11.2019, 20:48

    Markaziy bank raisi o‘rinbosari: Valyuta sotish bo‘yicha hech qanday cheklov qo‘yish niyatimiz yo‘q, bizda ikki xil kurs bo‘lmaydi

    12.11.2019, 20:26

    Andijon hokimi “Ravon mingim kelyapti, paxta tergim kelyapti” deb she’r o‘qigan shoirga Nexia sovg‘a qildi

    12.11.2019, 19:46

    Toshkent viloyati yo‘llarida yangi yo‘l belgilari o‘rnatildi

    12.11.2019, 19:06

    Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyati hokimini “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi

    12.11.2019, 18:24

    Moskvada qancha buxorolik mehnat migrantlari borligi ma’lum bo‘ldi

    12.11.2019, 18:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.