Keniya politsiyasi va mahalliy amaldorlar mamlakat shimolidagi Marsabit viloyatida amalga oshirilgan ikkita qurolli hujum oqibatida 11 nafar odamning halok bo‘lgani, qurbonlar orasida ikki nafar politsiyachining ham borligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Regnum”.
Marsabit okrugi politsiyasi rahbari Stiv Oloo sodir bo‘lgan qonli to‘qnashuv haqida gapirar ekan, otishmalar bo‘lgan Jaldes va Kukuto tumanlarida vaziyat keskinlashganini ta’kidladi.
Hodisa Efiopiya bilan chegara hududiga yaqin yerda sodir bo‘lgan.
Olooning so‘zlariga ko‘ra, hududda talonchilik va banditizm kuchayib ketgan. Hujumlar qurbonlari suv ta’minoti shoxobchasida halok bo‘lgan va ushbu otishmalar sabab o‘nlab odamlar o‘z uylarini tark etgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)