Ispaniyada navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Saylovlarda 5 ta partiya ishtirok etmoqda. So‘rov natijalariga ko‘ra, bosh vazir vazifasini bajaruvchi Pedro Sanchesning hukmron Sotsialistlar partiyasi mavqeyini boy berishi va bir necha o‘rinni yo‘qotishi mumkin.
Bu Ispaniyada joriy yildagi ikkinchi navbatdan tashqari saylovlar hisoblanadi. Oldingisi aprel oyida bo‘lib o‘tgan va unda Sanches yetakchiligidagi sotsialistlar g‘alaba qozongan, biroq mutloq ko‘pchilik o‘rinni egallamagandi. Parlamentda uning nomzodini bosh vazirlikka tasdiqlash jarayoni ikki bor muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Ispaniya qiroli Filipp VI bosh vazir lavozimiga boshqa nomzodlarni ilgari surishni istamadi, shu sababli mamlakatda navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishga qaror qilindi.
Izoh (0)