O‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov to‘p suradigan “Gvangju” klubi Janubiy Koreyaning ikkinchi divizionida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ashurmatov jamoasi o‘tgan turda “Suvon Siti” ustidan g‘alabaga erishgan (3:0), uning ta’qibchisi “Pusan Ay Park” esa ochko yo‘qotgandi. Bu esa “Gvangju”ga muddatidan avval chempionlikni taqdim etdi.3-noyabr, yakshanba kuni “Chonnam Dragons”ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng (1:3) “Gvangju” futbolchilariga chempionat oltin medallari topshirildi.
Shu tariqa Key-Liga 2 chempionligini qo‘lga kiritgan “Gvangju” keyingi mavsum Janubiy Koreya oliy divizionida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)