Professional boksning yarim og‘ir (-79,4 kg) vazn toifasi WBO yo‘nalishi chempionlik kamari uchun kechgan jangda meksikalik Saul “Kanelo” Alvares (53-1-2, 36 KO) kamarning amaldagi sohibi rossiyalik Sergey Kovalyovni (34-4-1, 29 KO) mag‘lubiyatga uchratdi.
Saul Alvares rossiyalik raqibini 11-raundda chuqur nokaut holatiga tushirdi va muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Natijada meksikalik bokschi o‘zining to‘rtinchi vazndagi chempionligini tantana qildi. Qayd etish kerak, Saulga qadar faqatgina ikki nafar meksikalik — Xuan Manuel Markes va Erik Morales to‘rtta vaznda chempion bo‘lgandi.
Izoh (0)