O‘zbekiston Markaziy banki oltin va kumush esdalik tangalarning 30-oktabrdan amalda bo‘ladigan narxlarini e’lon qildi.
Yangi narxlar esdalik tangalarning o‘tgan haftaga nisbatan qimmatlashganini ko‘rsatmoqda.
Unga ko‘ra:
- 1 ta oltin tanga narxi — 14 500 000 so‘m (o‘tgan hafta — 14 400 000 so‘m);
- 1 ta kumush tanga narxi — 334 000 so‘mni tashkil etdi (o‘tgan hafta — 333 000 so‘m).
Avvalroq O‘zbekistondagi banklarda kumush tanga qolmagani ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
Izoh (0)