Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirlar Mahakamasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilangan.

Xususan, 2019-yil 1-noyabrdan bir litr tayyor mahsulot uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narx mos ravishda quyidagicha belgilandi:

  • vino — 8600 so‘m va 10200 so‘m (ilgari 8000 so‘m va 9600 so‘m);
  • konyak — 31 000 so‘m va 36 600 so‘m (ilgari 29 000 so‘m va 34 600 so‘m);
  • aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar — 22 000 so‘m va 26 000 so‘m (ilgari 19 400 so‘m va 23 200 so‘m).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina elchisi Kaxovka GESning vayron bo‘lishi oqibatida yetkazilgan zararni 14 milliard dollarga baholadi
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Mahalliy
Toshkentda IIB binosining 4-qavatidan sakrab vafot etgan 21 yoshli yigitning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi