3-noyabr, yakshanba kuni Samarqand shahrida Samarkand Half Marathon birinchi xalqaro xayriya yarim marafoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, loyiha inklyuzivlik muammosiga e’tibor qaratish, imkoniyati cheklangan odamlarni faol madaniy va ijtimoiy hayotga jalb etishga qaratilgan.
Marafon ishtirokchilaridan biri — sportchi San’at Normetov. Yarim marafonda u 21 kilometr masofaga yugurishda ishtirok etadi.
Mavzuga doir: Samarqandning ayrim ko‘chalarida 1—3-noyabr kunlari transport vositalarining harakati 10 soatga cheklanadi
Izoh (0)