Gruziyaning amaldagi prezidenti Salome Zurabishvili saytiga kiberhujum yuzasidan tekshiruv boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Davlat rahbari saytiga Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining fotosi va I’ll be back (“Men qaytaman”) yozuvi joylashtirilgan.
Sayt 28-oktabr, dushanba kuni buzilgan. Shuningdek, o‘nlab boshqa, jumladan, axborot agentliklari, sudlar, mahalliy boshqaruv organlari saytlariga hujum uyushtirilgan.
Hozirda Gruziya prezidenti sayti ishlamayotganligi bildirilmoqda.
Izoh (0)