Chita harbiy sudi Baykalorti o‘lkasidagi harbiy qismda otishma uyushtirgan va 8 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan muddatli xizmat askari Ramil Shamsutdinovni hibsga olishga sanksiya berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Sud qaroriga ko‘ra, Shamsutdinov ikki oy — to 27-dekabrgacha hibsda qoladi.
Shuningdek, unga fojia sabablarini aniqlash va hodisa chog‘ida askarning ruhiy holatiga oydinlik kiritish uchun psixologik-psixiatrik ekspertiza tayinlangan.
Tyumen viloyatida ichki ishlar xodimlari oilasida ulg‘aygan Shamsutdinovga “Ikki va undan ortiq kishini o‘ldirish” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Mazkur modda bo‘yicha u umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Izoh (0)