• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura “My 5” telekanalidagi valyutafurushlik jinoyati haqidagi lavha yuzasidan munosabat bildirdi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament “My 5” telekanalining “Markaziy studiya” informatsion dasturida S.Oning jinoyat ishi yuzasidan tayyorlangan lavha yuzasidan munosabat bildirdi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Qayd etilishicha, “Mening Yurtim 5” telekanalining “Markaziy studiya” informatsion dasturi orqali fuqarolar S.O. va uning otasi T.O. 23-oktabr kuni chiqish qilib, Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari xodimlarini valyutaga oid jinoyatni fosh etishdagi xatti-harakatlari yuzasidan norozilik bildirgan.

    Xususan, fuqaro S.O. tanishib, gaplashib yurgan qizi I., Toshkent shahrida opasi uy sotib olishi uchun undan 87 million so‘m pullarini 10 000 dollarga ayirboshlab berishini iltimos qilganligini, opasini o‘g‘li avtohalokatga uchragani, qiz bilan ancha yaqin bo‘lib qolganligi sababli uning valyuta mablag‘larini ayirboshlash bo‘yicha iltimosini bajarmoqchi bo‘lib, Nurafshon shahriga borganligini va u yerda milliy taomlar kafesida xorijiy valyutani sotayotganida Departament xodimlari tomonidan ushlanib, unga bosim o‘tkazilganligi haqida bayon qilgan.

    Telekanal orqali bildirilgan bunday fikrlar keng jamoatchilik o‘rtasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati haqida salbiy tasavvur hosil qilishi ehtimolini inobatga olib, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olishi yoki o‘tkazishi milliy qonunchilikka binoan javobgarlikka tortilishi belgilanganini ma’lum qilgan.

    S.O.ning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olish va uni o‘tkazish harakatlari tezkor qidiruv tadbirlari hamda sud hujjatlari bilan to‘liq isbotlangani qayd etilgan.

    Jumladan: Amaldagi qonunchilikka asosan S.O.ning harakatlariga baho berilganda Jinoyat kodeksining 177-moddasining (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso shaxs hisoblanishi belgilangan. Bunda ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etayotgan shaxsning “valyutafurush” bo‘lishi jinoyat subyektining majburiy belgisi bo‘lishi mumkinligi belgilanmagan. Ushbu holatda S.Otaboyev 16 yoshga yetgan va aqli raso shaxs hisoblanganligi sababli jinoyatning subyekti hisoblanadi.

    S.O. har bir AQSH dollarini 8 700 so‘mdan hisoblab sotgan. Shuningdek u ushbu noqonuniy valyuta oldi-sotdisining pirovard natijasidan moddiy manfaat ko‘zlaganligidan dalolat beruvchi dalillar mavjud.

    Xususan, tezkor tadbir o‘tkazilgan kun, 14-iyunda “Milliy bank” Nurafshon filialidan olingan ma’lumotga ko‘ra har bir AQSH dollarining so‘mga nisbatan qiymati 8 518 so‘m 68 tiyinni tashkil etib, 8000 AQSH dollari 68,1 million so‘mga teng bo‘lgan.

    Bundan tashqari, tergov jarayoni va ochiq sud majlisida so‘roq qilingan S.O. aybiga qisman iqrorlik bildirgan holda bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, u mashina olish uchun yig‘ib qo‘ygan otasining 10 000 dollarni (otasini xabardor qilmasdan) olib, I. unga taklif qilgan 87 million so‘m pullar orqali foyda ko‘rib olishni o‘ylab, Nurafshon shahriga o‘rtoqlari va tog‘asi bilan borgan. U yerda I. unga 10000 dollarga emas, 8000 dollarga teng 69,6 million so‘m topganligi sababli 8000 dollarni ayriboshlagan. Pirovardida qilmishi qonunga zid bo‘lganligini tushunib yetgani va chin ko‘ngildan pushaymonligini bildiradi.

    Bundan tashqari, “Markaziy studiya”dagi suhbatda T.O. o‘g‘li Jinoyat kodeksining 65-moddasiga asosan javobgarlikdan ozod qilingan bo‘lsa-da, 8 000 dollarni unga qaytarmasdan davlat foydasiga musodara qilinganini aytgan.

    Bunga javoban prokuratura mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil va jinoyat predmeti hisoblangan 10 000 dollarning taqdiri Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga asosan qonuniy hal qilinganini bildirgan.

    Jumladan, S.O.ning o‘ziga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishini tugatishni so‘rab, jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudiga bergan arizasi hamda himoyachisining iltimosnomasini inobatga olib, sud uni 65-moddasiga asosan javobgarlikdan ozod qilingan. Ashyoviy dalil sifatida olingan 10 000 dollardan 2000 dollar o‘ziga qaytarilgan hamda 8000 dollar jinoyat predmeti sifatida davlat daromadi hisobiga o‘tkazilgan. Qolaversa, S.Otaboyevga nisbatan chiqarilgan sudning mazkur ajrimi qonuniy kuchda bo‘lib, unga nisbatan shikoyat yoki protest keltirilmagan.

    Shuningdek, Jinoyat kodeksining 65-moddasining qo‘llanilishi va uning qonundagi mazmuni ham to‘g‘ri talqin qilinishi lozimligi ta’kidlangan. Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 65-moddasi qo‘llanishi uning aybsiz ekanini anglatmaydi. Ushbu holatda sudlanuvchi aybsiz ekani uchun emas, balki uning qilmishi ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi sabab javobgarlikdan ozod qilinmoqda, xolos.

    26.10.2019, 16:58   Izoh (0)   60651
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorijda ishlaydigan o‘zbeklarni himoya qilishga mo‘ljallangan loyiha muhokamaga qo‘yildi

    26.10.2019, 15:55

    Qashqadaryodagi faollar yig‘ilishida Zoir Mirzayev viloyat hokimi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda

    26.10.2019, 15:34

    Andijondagi trikotaj korxonasida yong‘in yuz berdi. Hodisa oqibatida YoXB xodimi halok bo‘ldi (video)

    26.10.2019, 15:13

    IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nimalarni bilish zarur?

    26.10.2019, 14:53

    Toshkentda maktab o‘qituvchilarining oyligi oshiriladi

    26.10.2019, 13:50

    Rossiyaning “Birinchi kanal”idagi o‘zbekistonlik boshlovchi Dilbar Fayziyeva ishdan ketdi

    26.10.2019, 13:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ChatGPT foydalanuvchilarga jufti bilan ajrashishni maslahat berishni to‘xtatdi — OpenAI

    Dunyo | 5 avgust, 20:35

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:15

    Rossiyada 130 ga yaqin shahar yo‘qolib ketishi mumkin

    Dunyo | 5 avgust, 20:15

    AQSH 250 nafar noqonuniy muhojirni Ruandaga deportatsiya qiladi

    Dunyo | 5 avgust, 19:55

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:44

    Nafis mato va ochiq ranglar: taniqli instablogerlarning yozgi obrazlarini tahlil qilamiz

    Layfstayl | 5 avgust, 19:40

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.