• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nimalarni bilish zarur?

    17-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kirilayotgan hamda ishlab chiqarilayotgan mobil uskunalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tasdiqlangan edi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati jismoniy shaxslar uchun IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Foto: Norma

    Foto: Norma

    Hozirda barcha mobil uskunalar mobil aloqa operatorlarining tarmoqlariga ulanish orqali bepul, avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq 1-dekabrdan kuchga kiradigan yangiliklar faqat import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilarga tegishli. Jismoniy shaxslar uchun hech narsa o‘zgarmaydi.

    Hozirgi kunda O‘zbekiston fuqarolari foydalanayotgan va roumingdagi uskunalar avtomatik ravishda ro‘yxatga olingan hamda qayta ro‘yxatga olinishi shart emas. 1-dekabrdan boshlab O‘zbekistonga yangi telefonlarni olib kirayotgan tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mustaqil ravishda to‘lov kiritadilar.

    Avval foydalanilgan yoki yangi telefon sotib olayotgan jismoniy shaxslar xarid oldidan faqat IMEI kodining ro‘yxatga olinganligini aniqlashlari va uning maqomini www.uzimei.uz sayti orqali tekshirib olishlari kerak bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, IMEI kodining ro‘yxatga olinishi uning egasining ismiga bog‘liq bo‘lmasligi sababli, telefon sotilishida hech qanday muammo tug‘ilmaydi. Ya’ni ushbu yangilik foydalanilgan uskunalarning oldi-sotdisiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

    Biroq yangi telefon xarid qilinishidagi kabi foydalanilgan telefon xaridida ham xaridorlar IMEI kodining ro‘yxatga olinganligini aniqlashlari va uning maqomini tekshirib olishlari lozim. Agar telefon ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, 30 kun ichida o‘chiriladi. Kunlar hisobi telefonning ilk bora tarmoqqa ulangan vaqtdan boshlanadi. Bunday holda jismoniy shaxs telefonni mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Aloqa operatorini o‘zgartirishda ham hech qanday qo‘shimcha harakatlar talab etilmaydi.

    Qarorda keltirilishicha, ushbu o‘zgarishning sababi mobil uskunalar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish, uskunalardan noqonuniy foydalanishning va sifatsiz uskunalar sotilishining oldini olishdan iborat.

    Qarorga muvofiq, tizim operatori mobil aloqa operatoridan zarur texnik axborotlarni, shu jumladan, uskuna ishlashi, tarmoqdagi faolligi, real vaqt rejimida amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi axborotlarni olish uchun so‘rov berishi mumkin.

    Hujjatda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra: “Davlatning, huquqni muhofaza qilish organlarining xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlash hamda o‘ta muhim ijtimoiy-siyosiy chora-tadbirlarni o‘tkazishda Tizim operatori huquqni muhofaza qilish organlarining so‘rovi bo‘yicha mobil qurilmalar ishini majburiy to‘xtatib turish va qayta tiklashni amalga oshiradi”.

    Agar jismoniy shaxs telefonni xorijiy davlatdan buyurtma qilib keltirsa, telefon egasi mustaqil ravishda uni ro‘yxatdan o‘tkazadi va to‘lov kiritadi. Buning uchun aloqa pochta bo‘limi yoki UzIMEI ofisiga shaxsan borishi talab etiladi. O‘zi bilan telefon, pasport va pochta identifikatorining shtrix kodi va kalendar shtempeli bo‘lgan konvert taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Anketani ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish uch ish soatida amalga oshiriladi, qo‘shimcha 1 soat to‘lov uchun hisob chiqish, yana bir soat IMEI kodning “oq” ro‘yxatga kiritilishi va ro‘yxatga olish yakuniga yetganligi haqida xabarnoma uchun kerak bo‘ladi.

    Chet el fuqarosining mahalliy mobil aloqa operatorining SIM kartasi o‘rnatilgan mobil qurilmasi dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasidan 30 kalendar kuni davomida ro‘yxatga olinmasdan foydalanishi mumkin va ko‘rsatilgan muddat tugaganidan keyin ro‘yxatga olinmaganda sayyoh mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish cheklanishi to‘g‘risida xabardor qilinadi.

    O‘zbekiston hududida 30 kalendar kundan ortiq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari mobil qurilmalarning IMEI kodlarini O‘zbekiston fuqarolari — jismoniy shaxslar uchun mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatga olish tartibiga muvofiq tizim operatori yoki ro‘yxatga oluvchisiga o‘zi kelib murojaat etish orqali ro‘yxatdan o‘tkazishlari zarur. Bunda chet el fuqarolari uchun to‘lov hozirda 202 730 so‘m bo‘lgan BHM ning 20 foizini tashkil qiladi. Chet el fuqarosi uchun pasport va mobil qurilma yetarli, shtrix-kodli konvert zarur emas.

    1-noyabrdan boshlab ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar operator yoki tizim ro‘yxatga oluvchisiga murojaat qilishlari mumkin. 1-dekabrdan esa ushbu xizmat pullik bo‘ladi.

    Import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun ro‘yxatga olish jarayoni avtomatik bo‘lmaydi. Ular tizim operatoriga shaxsan kelishlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazishlari lozim. Batafsil ma’lumotni 1170 telefoni orqali olish mumkin.

    1-dekabrdan IMEI kodlarini ro‘yxatga olish pullik bo‘ladi. Import qiluvchi har bir qurilma uchun 25 ming so‘m, mahalliy ishlab chiqaruvchi 20 ming so‘m to‘laydi. Mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi jismoniy shaxs ham 20 ming so‘m to‘laydi, biroq hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, bojxona qiymatidan 100 foiz to‘lov kiritishi shart bo‘ladi. Import qiluvchi va ishlab chiqaruvchilar faqatgina hujjatlarni to‘liq taqdim etsa, qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkaza oladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda smartfonlarni IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olishning yangi tartibi joriy etiladi

    Chet elliklar uchun ilk bora tarmoqqa ulangandan keyin 30 kun ichida ro‘yxatga olish bepul.

    26.10.2019, 14:53   Izoh (0)   69714
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda maktab o‘qituvchilarining oyligi oshiriladi

    26.10.2019, 13:50

    Rossiyaning “Birinchi kanal”idagi o‘zbekistonlik boshlovchi Dilbar Fayziyeva ishdan ketdi

    26.10.2019, 13:29

    Prezident qaroriga ko‘ra “O‘zbekko‘mir” Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan bo‘ldi

    26.10.2019, 12:48

    UzAuto Motors Asakadagi avtomobil zavodida yong‘in yuz bergani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

    26.10.2019, 12:27

    Ta’mirlash ishlari sababli Quyichirchiq tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    26.10.2019, 12:06

    Qashqadaryoda hukumat rahbarlari ishtirokidagi faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda viloyat “to‘rt”ligi ishdan olinishi mumkin

    26.10.2019, 11:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.