Ispaniya futbol federatsiyasi La Liga 10-turidan o‘rin olgan “Barselona” — “Real” uchrashuvining yangi vaqtini ma’lum qildi.
Uchrashuv 18-dekabr kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi. O‘yin ushbu sanada o‘tkazilishiga har ikki klub rozilik bergan. La Liga uchrashuvni 4-dekabr sanasida o‘tkazishni istagandi, biroq federatsiya yakunda jamoalar xohishini inobatga oldi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” — “Real” uchrashuvi 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Barselonadagi norozilik namoyishlari sabab uchrashuv qoldirilgandi.
Mavzuga doir: Barselonada kataloniyalik siyosatchilarning qamoq jazosiga hukm qilinishiga qarshi ommaviy namoyish boshlandi (foto)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)