AQSh prezidenti Donald Tramp G7 sammitini o‘ziga qarashli Trump National Doral Miami kurortida o‘tkazish fikridan voz kechdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq Oq uy G7 sammiti 10—12-iyun kunlari Mayamidagi Trump National Doral Resort kurortida o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. 18-oktabr kuni AQShning bir necha nufuzli kongressmenlari sammitning Trampga tegishli kurortda o‘tkazilishining moliyalashtirishga qarshi qaratilgan qonun loyihasini taqdim etdi.
Trampga ko‘ra, sammit endi AQSh prezidentining Vashington tashqarisidagi Kemp-Devid qarorgohida bo‘lib o‘tishi mumkin.
“OAV va demokratlarning telbalarcha va mantiqsiz g‘ayirligi tufayli Mayamidagi Trump National Doral kurortini 2020-yilda G7 sammitini o‘tkazish manzili sifatida boshqa ko‘rmaymiz. Zudlik bilan yangi joyni axtarishni boshlaymiz. Balki bu Kemp-Devid bo‘lar”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’da.
Izoh (0)