Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimi A.B. pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda “Xabar.uz”.
Ma’lum bo‘lishicha, DSI xodimi xususiy tadbirkorga tamaki va spirtli mahsulotlar bilan noqonuniy savdo qilishida rahnamolikni taklif etib, evaziga 300 dollar so‘ragan.
Tadbirkor taklifga go‘yoki roziligini bildirib, bu haqda darhol tegishli organga murojaat qilgan. 18-oktabr, juma kuni DSI xodimi kelishilgan pulni olayotgan paytda qo‘lga olingan.
Xabarda aytilishicha, DSI xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)