• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning yangi Mehnat kodeksiga qanday o‘zgarishlar kiritilmoqda?

    Asosiy ta’tilning eng kam miqdorini oshirish, muddatli mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan homilador ayollarni ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘ymaslik — bu va boshqa takliflar yangi Mehnat kodeksidan o‘rin olishi rejalashtirilgan. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

    Foto: Norma

    Foto: Norma

    Muhokamaga joylashtirilgan loyihada amaldagi Mehnat kodeksiga nisbatan moddalar soni 2 baravar ko‘p: amaldagida 294 ta va loyihadagida 636 modda. Yangi tahrir 7 bo‘lim va 34 bobdan iborat (amaldagida 16 ta).

    Loyihada tartibga soluvchi yangi bloklar kiritildi. Shuningdek, ayrim toifadagi xodimlarning mehnati batafsil tartibga solingan.

    Amaldagi qator normalarga tuzatishlar kiritildi. Taklif etilayotgan asosiy yangiliklarga e’tibor qaratamiz.

    Ishga qabul qilish

    Tashkilot rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh buxgalterlari va tashkilotning filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari uchun 6 oygacha bo‘lgan dastlabki sinov muddati belgilanishi taklif etilmoqda. Boshqa xodimlarga nisbatan amaldagi 3 oylik sinov muddati qoldiriladi.

    Bundan tashqari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishda dastlabki sinov to‘g‘risidagi normalarga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. O‘quv yurtlarini tamomlagan kundan e’tiboran 3 yil ichida birinchi bor ishga kirganlarga hozircha sinov belgilanmaydi.

    Muddatli shartnomalarni tuzish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Muddatli mehnat shartnomalari qachon majburiy tartibda va qachon taraflarning roziligi bilan rasmiylashtiriladigan holatlar belgilanadi.

    Boshqa ishga o‘tkazish

    Ishlab chiqarish zarurati yoki to‘xtab qolishlar tufayli xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishning cheklangan muddati aniqlashtiriladi — bir kalendar yil davomida jami 60 kalendar kundan oshmaydi.

    “Xodimni boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborish” deb nomlangan boshqa ishga o‘tkazish turi joriy etilmoqda. Xodimning yozma roziligi bilan alohida muddatli mehnat shartnomasini tuzish orqali 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga boshqa ishga o‘tkazish mumkin. Bunda avval tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi to‘xtatib turiladi.

    Mehnat shartnomasini bekor qilish

    Muddatli mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan bekor qilinganda, bu haqda 3 kalendar kun ichida yozma ravishda xabardor qilish sharti joriy etilmoqda, asosiy xodim ishda bo‘lmagan vaqtda rasmiylashtiriladigan holatlar bundan mustasno. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, shartnoma muddati tugashi bilan ishdan bo‘shatish haqida oldindan xabardor qilish shart emas.

    Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi uchun asoslar ro‘yxatiga tuzatish kiritiladi. Xodimning sog‘lig‘i holati tufayli bajarayotgan vazifasiga noloyiqligi taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha ishdan bo‘shatish uchun asoslarga ko‘chirildi.

    Alohida sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatishda ishdan bo‘shatish nafaqasining eng kam miqdori ushbu xodimning stajiga qarab tabaqalashtiriladi:

    o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi — 3 yilgacha stajga ega bo‘lganda;

    75 foizi — 3 yildan 5 yilgacha stajga ega bo‘lganda;

    100 foizi — 5 yildan 10 yilgacha stajga ega bo‘lganda;

    150 foizi — 10 yildan 15 yilgacha stajga ega bo‘lganda;

    200 foizi — 15 yildan ortiq stajga ega bo‘lganda.

    Hozirgi paytda barcha xodimlar uchun ishdan bo‘shatish nafaqasining eng kam miqdori korxonadagi ishning davomiyligidan qat’iy nazar o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizini tashkil etadi.Ish beruvchiga xodimning roziligisiz ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiyaga almashtirish huquqini taqdim etish nazarda tutilgan. Hozir bunday almashtirishga faqat taraflarning roziligi bilan ruxsat etiladi, xodimning aybli harakatlari uchun ishdan bo‘shatish holatlari bundan mustasno.

    Ish beruvchining muddatli mehnat shartnomasining amal qilishini xodimning homiladorlik davri yakunlangunigacha, homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilganda esa bunday ta’til tugaguniga qadar uzaytirish majburiyati kiritiladi. Xodimning yozma arizasi va har 3 oyda ayol ish beruvchiga taqdim etishi lozim bo‘lgan tibbiy ma’lumotnoma muddatni uzaytirish uchun asos bo‘ladi.

    Shartnoma muddati tugashi bilan homilador xodimni, u asosiy xodim ishda bo‘lmaydigan vaqtga ishga qabul qilingan bo‘lsa va homiladorligi tugaguniga qadar boshqa ishga o‘tkazishning iloji bo‘lmasa, ishdan bo‘shatish mumkin bo‘ladi.

    Hozirgi paytda homilador xodim bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi faqat uni ishga joylashtirish sharti bilan (ish beruvchining o‘zi yoki unda bunday imkoniyat bo‘lmasa, mahalliy mehnat organlari tomonidan) bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

    Bola parvarishlash bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan, shuningdek, 3 yoshgacha bolani parvarishlayotgan otasi yoki onasi, vasiysi va oilada yolg‘iz boquvchisi bo‘lgan xodimlarni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatish uchun asoslar ro‘yxati keltiriladi:

    tashkilot tugatilishi munosabati bilan;

    mehnat majburiyatlarini muntazam tarzda, shuningdek, bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun.

    Bunda ularning bolani parvarishlash bo‘yicha nafaqa olish huquqi saqlanib qoladi. Qolgan holatlarda bunday toifadagi xodimlarni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Ish vaqti va dam olish vaqti

    Quyidagi holatlarda xodimning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilishi rejalashtirilmoqda:

    ishlab chiqarish avariyasi, tabiiy ofatlar va falokatlar;

    gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoritish, transport, issiq suv va sovuq suv ta’minoti, suvni chiqarish tizimlari buzilganda;

    favqulodda holatlar yoki harbiy holatlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda (yong‘inlar, toshqinlar, ocharchiliklar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiya va boshqalar);

    bajarilayotgan ishda tanaffusga yo‘l qo‘yilmasa, smenachi ishga kelmay qolgan hollarda ish davom ettirilganda.

    Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolganda, dam olish kunini undan keyingi ish kuniga ko‘chirish taklif etilmoqda. Masalan, 8-mart yakshanbaga to‘g‘ri kelganda, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi.

    Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffuslarning cheklangan davomiyligi belgilanadi:  2 soatdan ko‘p bo‘lmagan va ish vaqtiga kiritilmagan kamida 30 daqiqalik tanaffus beriladi. Ish kunining (smena) davomiyligi 8 soatdan oshgan hollarda xodimlar uchun ish vaqtining jamlab hisobga olish belgilangan bo‘lsa, xodimga dam olish va ovqatlanish uchun ikkita tanaffus berilishi kerak.

    Аniqlashtirilishicha, tanaffus paytida xodimlar ish joyidan chiqishlari mumkin bo‘ladi.

    Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari xodimlarni ularning roziligisiz ishga jalb qilish mumkin bo‘lgan istisnoli holatlar kiritilmoqda. Bundan tashqari, xodimning roziligi bilan ishlanadigan dam olish kunlari sonini kalendar yil mobaynida 12 tagacha cheklash taklif etilmoqda.

    Amaldagi eng kam asosiy ta’tilning davomiyligini 15 kundan 21 kalendar kunga oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xizmatchilari uchun esa 27 kalendar kunga uzaytirilgan ta’tilni belgilash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, xodim bir tashkilotda ishlagan har 5 yili uchun 2 kalendar kun, biroq umumiy hisobda 8 kundan oshmaydigan qo‘shimcha ta’til berish mo‘ljallanmoqda.

    Loyiha tasdiqlansa, ta’tillar ish kunida emas, balki kalendar kunda hisoblab chiqariladi.

    Mehnatga haq to‘lash

    Mehnatga haq to‘lash tizimi tarifli va tarifsizga ajratilgan holda batafsil tartibga solinadi. Rag‘batlantiruvchi tusdagi alohida to‘lov turlari qayd etilgan: mukofotlar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar.

    O‘rtacha ish haqini hisoblash, shuningdek, xodimning iltimosiga binoan uning ish haqini tasarruf etish tartibi joriy etilmoqda. Xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi bankdan olingan qarzlar, kreditlar, shuningdek, kommunal xarajatlar va boshqa shaxsiy xarajatlar va qarzlarni to‘lash uchun yuborilishi mumkin. Darvoqe, o‘tkaziladigan summalar biror-bir miqdor doirasida cheklanmaydi.

    Amaldagi qoidalarga ko‘ra, har bir ish haqidan ushlanmalar uning yarim baravaridan oshmasligi lozim.

    Ish beruvchiga xodimning yozma roziligi bilan ish haqining 10 foizigacha tashkilotda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari bilan to‘lash huquqi joriy etilmoqda, alkogol, tamaki mahsulotlari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bundan mustasno.

    Xodimlar ularning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta bo‘limlari orqali olishlari mumkin, bunda xizmatlar uchun ish beruvchi tomonidan haq to‘lanadi.

    Intizomiy jazo

    Intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida xodimni tilxat orqali u bilan tanishtirish lozimligi belgilanmoqda, bunda xodim ishda bo‘lmaydigan vaqt hisobga olinmaydi. Aks holda (tanishishdan bosh tortganligi to‘g‘risida dalolatnoma mavjud bo‘lmaganda) xodimga nisbatan undiruv qo‘llanilmagan hisoblanadi.

    Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

    16.10.2019, 07:43   Izoh (0)   21074
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank O‘zbekistonda zaxira aktivlari 27,9 mlrd dollarni tashkil qilishi kutilayotganini ma’lum qildi

    16.10.2019, 06:37

    O‘zbekistonda mahsulot taqsimoti haqidagi kelishuv parlament tomonidan tasdiqlanishi mumkin

    16.10.2019, 01:32

    Shavkat Mirziyoyev Bokudan Toshkentga qaytib keldi

    15.10.2019, 23:27

    Farg‘onadan Moskvaga parvoz payti yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani uchun samolyot Samarada favqulodda qo‘ndi

    15.10.2019, 23:12

    O‘zbekistonda siyosiy partiyalarga saylovlarda qatnashishiga ijozat berildi

    15.10.2019, 22:57

    O‘zbekistonda restoran va tungi klublarning tunda ishlash qoidalari kuchga kirdi

    15.10.2019, 22:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Surxondaryoda YPX xodimlari qochishga uringan haydovchiga kuch ishlatdi (video)

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:00

    Ronaldu klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etadimi? Futbolchining o‘zi bu haqda gapirdi

    Sport | 7 iyun, 16:33

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    Dunyo | 7 iyun, 16:20

    So‘nggi 30 yilda ikki baravarga ko‘paydi: O‘zbekistonda yosh ayollar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 15:30

    Mehnatga yaroqli har ming aholining 224 nafarida kredit bor — Markaziy bank

    Iqtisodiyot | 7 iyun, 14:20

    “O‘zgidromet” 8-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:45

    “Afg‘onistonda hayit bayramlari tinchlik va osoyishtalikda nishonlanishi katta voqea” — Abdulqodir Halimiy

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.