Belarus poytaxti Minsk shahrida Rossiyaning “Internet tadqiqotlari agentligi” xodimi Anna Bogacheva qo‘lga olindi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Bogachevaning advokati uning AQSh saylovlariga aralashuv bo‘yicha olib borilayotgan ish doirasida qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.
Bogacheva “Internet tadqiqotlari agentligi”da ishlagani sababli 2018-yildan buyon AQSh sanksiyalari ostiga tushgan.
Avvalroq Bogachevaning “Internet tadqiqotlari agentligi”ga Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bosimi ostida ishga kelgani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida faoliyat olib borgan “trollar fabrikasi” fosh etilgan edi.
Izoh (0)