Turli mamlakatlarning politologlar guruhi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin hamda Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpinga qozog‘istonlik xitoyshunos olim Konstantin Siroyejkin ishi yuzasidan Vladimir Paramanovning Facebook’dagi “Sentralnaya Aziya” guruhida murojaat yo‘lladi.
Ushbu murojaat ostidagi imzolar soni 80 tadan oshgan. Hujjatda Siroyejkinning dunyo miqyosidagi professional olim ekani, o‘z vatanini sevishi, Qozog‘iston, O‘rta Osiyo va Rossiyaning Xitoy hamda boshqa davlatlar bilan munosabatlariga o‘zining ulkan hissasini qo‘shganligi qayd etilgan.
“Biz sudning anchayin qattiqqo‘llik bilan adolatsiz qaror chiqarganidan xavotirga tushdik, K.L.Siroyejkinning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari ham borligi xavotirimizni yanada oshirmoqda. Shularni va boshqa jihatlarni inobatga olgan holda sizlardan o‘z qudratingiz va obro‘yingizni ishga solib, olimning oqlanishi hamda ozod etilishini, shuningdek, jiddiy reabilitatsiya jarayonida ishtirok etishi va ilmiy faoliyatiga qaytishida yordam berishingizni so‘raymiz”, — deydi murojaat mualliflari.
Siroyejkin 7-oktabrda davlatga xiyonat qilganlikda aybdor deb topilgan va 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan hamda Qozog‘iston fuqaroligidan ham mahrum bo‘lgandi.
Izoh (0)