Kosmonavt Aleksey Leonov 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. 1965-yil martida Leonov ochiq kosmosga chiqqan ilk insonga aylangan edi. U 1975-yili ikkinchi marta fazoga parvoz qilib, SSSRning “Soyuz” va AQShning “Apollon” kosmik kemalarini tutashtirishda qatnashgan.
Aleksey Leonov 1970-yildan 1991-yilga qadar Kosmonavtlarni tayyorlash markazi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Pensiyaga chiqqanidan so‘ng tijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan, masalan, “Alfa-bank” direktorlar kengashi raisi birinchi o‘rinbosari maslahatchisi, shuningdek, Baring Vostok fondining maslahat kengashi a’zosi bo‘lgan.
Bundan tashqari, Leonov rassom sifatida ham tanilgan edi. Xususan, u 1967-yili kosmos mavzusida chiqarilgan pochta markalari seriyasiga mualliflik qilgan, deb yozadi Meduza.
Izoh (0)