Turkmanistonda pedagoglarning davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning kitoblarini o‘qishi majburiyatga aylandi. Ular endi prezidentning yangi kitoblari haqida ma’lumotga ega bo‘lishi shart ekani belgilab qo‘yilgan.
O‘qituvchilar maktab, o‘rta-maxsus ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida mamlakatning eng asosiy yozuvchisi asarlarining mohiyatini o‘quvchilar hamda talabalarga yetkazishi lozim. Asosiymi yoki qo‘shimchami, har qanday fan bo‘yicha imtihonlarga Berdimuhamedovning kitoblaridagi mavzulardan olingan savollar kiritiladi.
“O‘quvchilar va talabalarga konspekt yozdirishimiz, ish daftarlarini tekshirishimiz, jurnal to‘ldirish, boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish, tekshiruvchilarni kutish va ota-onalar bilan gaplashishga vaqtimiz yetmaydi. Endi “qo‘lga qalam olib” prezident kitoblarini yaxshilab o‘rganishimiz kerak”, — deydi Turkmanoboddagi muallimlardan biri.
“Kitobni tushuntirayotgan vaqtimda o‘quvchilarning nigohlaridan buning ularga mutlaqo qizig‘i yo‘qligi ko‘rinyapti. O‘quvchilarning aksariyati asosiy fanlarni o‘zlashtirishda oqsaydi, biz ushbu kitoblarni o‘z hisobimizdan sotib olib, ularga majburlab o‘rgatishimiz lozim”, — deydi Ashxobodda ishlaydigan o‘qituvchi.
Poytaxtdagi OTMlardan birida ta’lim beruvchi o‘qituvchilardan biri prezident kitoblari ancha qimmatligidan shikoyat qilgan. Berdimuhamedovning “Donishmandlik chashmasi” (Paýhas Çeşmesi) kitobining o‘zi 40 manat turadi.
Izoh (0)