• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda Damas haydovchilarining hujjati olib qo‘yilib, paxtaga odam tashishga majbur qilingani aytilmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan Qarshi shahriga yo‘lovchi tashuvchi Damas haydovchilarining shikoyat qilishicha, tuman YPX inspektorlari haydovchilarning hujjatini olib qo‘yib, har kuni paxtaga bepul hasharchi tashishga majbur qilayotgani aytilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Haydovchilar shikoyatini o‘rgangan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning yozishicha, “Nasaf audio-video” MChJ rahbarligidagi uyushmaga a’zo bo‘lgan “Qarshi—Koson”, “Koson—Qarshi” yo‘nalishida harakatlanuvchi 44 ta Damas avtomobillarining texnik pasporti Koson tuman yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi inspektorlari Akrom Avazov hamda Shahboz Qo‘chqorovlar tomonidan olib qo‘yilgan.

    Mohir Salomov.

    Mohir Salomov.
    Foto: “Daryo”

    “Ayni kunda Qarshidan Kosonga qatnovchi Damas haydovchilarining 50—60 foiz haydovchisida avtomobilining texnik pasporti yo‘q. Boisi, ‘GAI’ olib qo‘ygan. Va har kuni bir marotaba paxtaga odam olib borish majburiyatini yuklagan”, — deydi haydovchi Mohir Salomov.

    “Koson—Qarshi”, “Qarshi—Koson” yo‘nalishidagi haydovchilar faoliyatini nazorat qiluvchi uyushma “Nasaf audio-video” MChJ ish yurituvchisi Mavjuda Uvayevaning tasdiqlashicha, ushbu yo‘nalishga a’zo Damas avtomobillarining aksariyati YPX inspektorlarining paxtaga bepul odam tashish talabini bajarishga majbur.

    Mardon To‘xtayev ismli haydovchining “Daryo” muxbiriga aytishicha, unga tegishli avtomobilning texnik pasportini paxta mavsumi boshlangan payt inspektor Akrom Avazov olib qo‘ygan va haligacha qaytarib bermagan.

    Haydovchi Erkin Boboxonov esa hujjati Shahboz Qo‘chqorov ismli YPX xodimi tomonidan olib qo‘yilganligini aytib, xodim tomonidan xizmatga majburlanayotganini aytmoqda.

    “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali muloqotga kirishgan YPX xodimi Shahboz Qo‘chqorov muxbir savolini eshitgach, “yo‘q bunday qilmaganman” deya telefonni o‘chirdi. Va qaytib xodimga ulanolmadik.

    Damas’chilarning majburiy tarzda paxtaga odam tashishini rad etgan Koson tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Xolmatovning aytishicha, Damas haydovchilarining paxtaga odam tashishi bor gap. Ammo buning uchun ularga haq to‘lanadi. Shuhrat Xolmatovga ko‘ra, bunday vaziyat yuzaga kelishiga yo‘nalishni tartibga soluvchi uyushma mas’ullari aybdor.

    Mavzuga doir:

    • Kogonda maktab o‘quvchilari paxta terimiga dam olish va bayram kunlari jalb etilgani ma’lum bo‘ldi
    • Ichki ishlar vazirligi o‘z xodimlarining paxtaga chiqmaslik bo‘yicha noroziligiga munosabat bildirdi
    “Paxta tozalash zavodi, fermer hamda uyushma kelishuviga ko‘ra, uch tomonlama shartnoma imzolanib, o‘sha shartnomaga muvofiq Damas haydovchilari fermerlarga xizmat ko‘rsatishi belgilangan. Sentabr oyi boshida o‘tkazilgan yig‘ilishda shunday to‘xtamga kelingandi. Shartnoma tuzilgach, Damas haydovchisi hasharchini tashish uchun qancha masofa bosganini fermerdan tasdiqlatgach, paxta tozalash zavodi tomonidan yo‘l haqi to‘lab beriladi. Haydovchilari huquqi poymol bo‘lmaydi”, — deydi Shuhrat Xolmatov.

    Ma’lum qilinishicha, sentabr oyi boshida paxta tozalash zavodlari, uyushmalar va fermerlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Yig‘ilishda Damas haydovchilarining xizmatiga shartnoma asosida pul to‘lash nazarda tutilgan va shartnoma imzolash mas’uliyati uyushma boshliqlariga yuklatilgan.

    Shuhrat Xolmatovning ma’lumot berishicha, o‘sha yig‘ilishda ayni kunda hujjatlari olib qo‘yilgani aytilayotgan Damas’lar uyushmasi mas’ullari ham ishtirok etgan.

    Mavjuda Uvayeva.

    Mavjuda Uvayeva.
    Foto: “Daryo”

    “Nasaf audio-video” MChJ ish boshqaruvchisi Mavjuda Uvayeva bunday shartnomadan xabari yo‘qligini aytmoqda.

    Mavzuga doir:

    • O‘nlab ichki ishlar xodimlari majburiy paxta terimiga qarshi norozilik bildirishmoqda (video)
    • Prezident tomonidan taqdirlangan Bog‘ot tumani hokimi fuqarolarni paxta terimiga majburan jalb etgani aniqlandi
    Koson tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Xolmatov “Daryo” muxbiri bilan suhbati so‘ngida “Agar xodimlarimiz anglashilmovchilik sabab biror bir haydovchining hujjatini olishgan bo‘lsa, albatta bugunoq qaytarib beradi” dedi. Bundan kelib chiqadiki, ayrim haydovchilarining hujjati olib qo‘yilgani bor gap.Nima uchun va qaysi asosga ko‘ra? “Daryo” mas’ullardan izoh kutadi.

    06.10.2019, 11:45   Izoh (0)   35216
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada 40 milliard so‘mlik sport majmuasi ishga tushdi

    06.10.2019, 11:24

    Andijonda “tonirovka” uchun qalbaki ruxsatnomalar tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi (video)

    06.10.2019, 10:39

    Ozarbayjon—O‘zbekiston o‘rtasida Davlat xizmatlari markazlarini rivojlantirish bo‘yicha memorandumi imzolandi

    06.10.2019, 10:07

    Termizda kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun xalqaro turnir boshlandi. Unda ilk bor ayollar ham ishtirok etmoqda

    06.10.2019, 09:10

    O‘zbekistonda barcha davlat idoralariga veb-saytlarni ishga tushirish majburiyati yuklanadi. Jumladan, huquq-tartibot organlariga ham

    05.10.2019, 19:59

    Toshkentda IIBB yashash joyi bo‘lmagan shaxslar reabilitatsiya qilish markazida yoga mashg‘ulotini o‘tkazdi

    05.10.2019, 19:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.