Andijon shahrida mashina oynalarining tusini o‘zgartirish ruxsatnomasi, haydovchilik guvohnomasi va ishonchnoma kabi hujjatlarning qalbakisini tayyorlab beruvchi yirik jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda “Mening yurtim” telekanali lavha tayyorlagan.
Mavzuga doir: “Tonirovka” uchun ruxsatnoma qanday ko‘rinishga ega?
Ichki ishlar organlari xodimlari ushbu soxta hujjatlar bilan mashina haydab yurganlarni to‘xtatgan va bu jinoyatni fosh qilgan. Gumondorlarning uylaridan kompyuter, rangli printer, fuqarolar pasportlari va boshqa ashyoviy dalillar topilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)