Ozarbayjonning Davlat xizmati va Ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi hamda O‘zbekiston Davlat xizmatlari agentligi o‘rtasida “Davlat xizmatlari markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv” memorandumi imzolandi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hamkorlikning asosiy vazifasi markaz xodimlari malakasini oshirish, xizmatlar ko‘rsatish jarayoni va boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha treninglarni tashkil etish, “ASAN service”da Ozarbayjon va O‘zbekistonda tajriba almashish uchun o‘quv tashrifini tashkil etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etishda iborat.
“2019-yilning yanvarida Ozarbayjon Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi apparati boshlig‘i Azad Jafarli boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan va O‘zbekiston davlat xizmatlari milliy tizimini tashkil etish tajribasi, Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)