• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuz uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

    Tibbiyot xodimlariga nisbatan sodir etiladigan tajovuzlarga nisbatan yuridik javobgarlikni yanada kuchaytirish maqsadida maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati deputat Shuhrat Yoqubov fikriga asoslanib xabar berdi.

    Foto: “Parliament.gov.uz”

    Foto: “Parliament.gov.uz”

    Shuhrat Yoqubovning ta’kidlashicha, tibbiyot tizimi xodimlari “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining asosiy elektorati hisoblanadi. Ularning huquq va manfaatlarini himoyalashga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish, Qonunchilik palatasidagi “Adolat” partiyasi fraksiyasining asosiy ustuvor vazifalaridan biridir.

    Afsuski, so‘nggi vaqtlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga nisbatan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi, ayrim vaziyatlarda hech qanday aybi bo‘lmasa-da, bemorning o‘limi yoki sog‘lig‘i holati yomonlashishida hech bir sababsiz shifokorni ayblash va unga tajovuz qilish holatlari ko‘payib bormoqda.

    Shuhrat Yoqubov

    Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, birgina 2018-yil davomida 400 ga yaqin huquqbuzarlik sodir etilgan. Bu raqamlar tibbiyot xodimlarini tajovuzlardan huquqiy muhofaza etish choralarini yanada kuchaytirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining bir guruh deputatlari tomonidan tibbiyot xodimlarining huquqiy muhofazasini, ularga nisbatan sodir etiladigan tajovuzlarga yuridik javobgarlikni yanada kuchaytirish maqsadida maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda.

    Mavzuga doir: Toshkentda tez tibbiy yordam shifokorlari kaltaklandi

    Hozirda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 1984-modda kiritish taklif etilmoqda. Moddaning nomi “Tibbiyot xodimining kasbiy majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish yoki uning hayoti yoxud sog‘lig‘iga tajovuz qilish” tahririda belgilangan. Ushbu nom huquqbuzarlik mazmunini aks ettirgani uchun uning dispozitsiyasini — “Tibbiyot xodimining kasbiy majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik, unga faol qarshilik ko‘rsatish, uyatli so‘zlar bilan so‘kish, haqorat qilish, urish, do‘pposlash, qiynash yoki uning hayoti yoxud sog‘lig‘iga tajovuz qiluvchi harakatlarni sodir etish” tahririda bayon etish orqali tajovuz harakatlari kengroq yoritilmoqda.

    Moddaning sanksiyasi, ya’ni jazo belgilangan qismi quyidagicha bayon etilgan: “eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”.

    Bu normaning qonunga kiritilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarni javobgarlikka tortish emas, balki shunday noqonuniy harakatlar uchun jazo chorasi borligini eslatishdir. Eng ustuvor maqsad esa salbiy holatlarning profilaktikasidir. Bunday chorani qonunga kiritish, uni keng targ‘ib etish orqali qonunning tarbiyaviy ahamiyati ortadi.

    Shuhrat Yoqubov

    Mavzuga doir: Samarqandda yana tez tibbiy yordam shifokori kaltaklandi

    01.10.2019, 02:33   Izoh (0)   18223
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zstandart” agentligi ishlab chiqarilayotgan sement sifati va xavfsizligi bo‘yicha sinovlar o‘tkazdi

    30.09.2019, 23:43

    O‘zbekistonda sentabr oyida gazdan noqonuniy foydalanish holatlari sabab davlatga 8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan

    30.09.2019, 23:14

    92 yoshli onaxon paxta tergani uchun Toshkent viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilindi

    30.09.2019, 22:29

    Senator Tolibjon Madumarov hokim Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq holat birinchisi emasligini eslatdi

    30.09.2019, 22:13

    Turk deputatining uyida o‘zini o‘ldirgan Nodira Qodirovani prokuratura fohishalik qilganlikda aybladi

    30.09.2019, 21:58

    Toshkentda talonchilar uy egasini urib, telefonini o‘marib ketdi

    30.09.2019, 21:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev “SSKA” bilan xayrlashdi

    Sport | 31 iyul, 18:42

    Kelgusi uch yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori qancha oshirilishi maʼlum qilindi

    Iqtisodiyot | 31 iyul, 18:36

    Maykl Jekson kiygan bir poy paypoq auksionda 8 ming dollarga sotildi (foto)

    Musiqa | 31 iyul, 18:35

    Qirg‘iziston hukumati go‘sht narxini nazoratga oladi

    Qirg‘iziston | 31 iyul, 18:20

    Melaniya Tramp garderobidagi eng qimmat va eng arzon buyumlarning narxi oshkor qilindi

    Ayollar sahifasi | 31 iyul, 18:10

    Rossiyaga ishlashga ketib, qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 18:00

    Apple tasodifan ijtimoiy tarmoqlarida Samsung’ning yangi smartfonini reklama qildi (foto)

    Layfstayl | 31 iyul, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.