Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saudning tansoqchisi Abdulaziz bin Beddah al-Fag‘im 28-sentabr, shanba kuni do‘sti Memduh al-Ali tomonidan otib o‘ldirilgan. Bu haqda Al-Arabiya telekanali Makka shahridagi politsiya boshqarmasiga asoslanib xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Abdulaziz bin Beddah al-Fag‘im o‘z do‘sti Turki as-Sebtining Jidda shahridagi uyiga kelgan va u yerda yana bir do‘sti Memduh al-Ali bilan janjallashib ketgan. Shundan so‘ng, Mamduh uydan chiqib, u yerga qurol bilan qaytib kirib, uydagi barchani betartib o‘qqa tutgan. Otishma oqibatida uch kishi jarohatlangan. Ular orasida qirolning tansoqchisi Abdulaziz ham bo‘lgan. U og‘ir yaralanib, shifoxonada olamdan o‘tgan.
Voqea joyiga politsiya yetib borgan. Ularga taslim bo‘lishni istamagan jinoyatchi va politsiyachilar o‘rtasida otishma yuz bergan. Otishmada 5 nafar politsiyachi ham yaralangan. Jinoyatchi otib o‘ldirilgan.
Izoh (0)