Davomi: Ukrainada Siam egizaklari tashqi omillar ta’sirida tug‘ilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi
Shifokorlarga ko‘ra, qizlar bir tana va ikki boshga ega. Ularning onasi uchun bu birinchi homiladorlik bo‘lgan.
Ayol homiladorlik chog‘ida Siam egizaklarini dunyoga keltirishi aniqlangan, biroq u homilasini oldirib tashlashdan voz kechgan.
Tug‘ruqlar erta — homila 33 haftaligida boshlangan. Hozirda Siam egizaklari tug‘ruqxonada bo‘lib turibdi, biroq shifokorlar ularni bolalar kasalxonasiga olib o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Siam egizaklari tug‘ilishi nafaqat Ukraina, balki dunyoda ham kamdan-kam uchraydigan hodisa hisoblanadi.
Izoh (0)