Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi ayrim sudlariga sudyalarni lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida”gi farmoyishga imzo chekdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, viloyat sudlaridan uchtasiga raislar tayinlangan.
Ilyos Teshayev sudyalik lavozimida bo‘lishning 10 yillik davriga, 5 yil muddatga Xorazm viloyati iqtisodiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Atabek Matkarimov sudyalik lavozimida bo‘lishning 10 yillik davriga, 5 yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Bahodir Jumayev sudyalik lavozimida bo‘lishning 10 yillik davriga, 5 yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Izoh (0)