2019-yil 26—27-sentabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida moliyaviy institutlar kuniga bag‘ishlagan forum o‘tkazildi.
Forumda 60 dan ortiq bank va moliyaviy institutlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish hamda investitsion hamkorlik istiqbollari mavzularida fikr almashildi.
“Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi vakillaridan iborat delegatsiya ushbu forumda ishtirok etib, bir necha moliyaviy institutlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.
2019-yil 27-sentabr kuni “Mikrokreditbank” va Rossiyaning “Ak Bars” banki bilan savdoni moliyalash bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, “Mikrokreditbank” ATB mijozlariga ularning tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha kreditlar ajratiladi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)