Inqilobiy va innovatsion sanoat bu — Sharda—O‘zbekiston universitetini tasvirlash uchun tez-tez ishlatiladigan so‘zlardir.
Prezident maxsus qarori asosida tashkil etilgan Sharda—O‘zbekiston universiteti ta’limni zamonaviy so‘nggi texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish borasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Universitet oliy ta’lim va tadqiqot sohalarida birgalikda ishlashga intiladi.
Sharda—O‘zbekiston universiteti Farg‘ona vodiysidagi birinchi mustaqil xususiy universitet bo‘lib, yevrosiyolik talabalar uchun ta’lim dargohiga aylanadi va talabalar Hindistondagi Sharda universiteti merosi bilan o‘rtoqlashadilar.
Bu yili Andijonda tashkil etilgan Sharda universiteti o‘zbekistonlik yoshlar uchun o‘zining muhandislik va menejment yo‘nalishlaridagi dasturlarini taklif etadi. Ta’limdagi innovatsiyani doimo birinchi o‘ringa qo‘yuvchi Sharda—O‘zbekiston universiteti sanoat rivojlanishi uchun ta’lim nimani ta’minlashi kerakligiga e’tibor qaratadi va kampuslarda o‘z talabalari uchun yangi imkoniyatlarni yaratib berishga intiladi.
Xalqaro ta’limning yaratilish tarixi
O‘n yil ichida milliy va xalqaro talabalar o‘z orzularini amalga oshirishda biz bilan birga bo‘ldilar va universitetni Hindistondagi eng yaxshi universitetlardan biriga aylantirdilar.
Bugungi kunda universitet 80 dan ortiq mamlakat va Hindistonning 32 ta shahridan kelgan talabalarni o‘z orzularini amalga oshirish va o‘z sohalarida yetkachilardan bo‘lishlari uchun turli xil imkoniyatlarni taqdim etmoqda.
Hindistondagi Sharda universiteti muhandislik, menejment, huquq, fundamental fanlar, san’at, ommaviy axborot vositalari va jurnalistika, dizayn, feldsherlik, tibbiyot, stomatologiya, tibbiyot xodimi, farmatsevtika, tillar, ta’lim, moda, gumanitar fanlar, hamshiralik va malakalarni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha 216 dan ortiq dasturlarni taklif qiladi. Bu Osiyodagi ko‘p tarmoqli ta’lim va talabalar uchun kredit tizimini taqdim etadigan kam sonli universitetlardan biridir. Sharda Universitetining dunyo miqyosida nufuzli o‘rinlarda turadi, misol uchun, universitet 9 yildan beri “eng yaxshi xususiy universitetlar” ro‘yxatidan joy olib kelmoqda.
Forbes nashriga ko‘ra Sharda universiteti eng ko‘p xalqaro talabalarga ega bo‘lgan Hindistondagi birinchi raqamli ta’lim dargohidir. Shuningdek, universitet ko‘plab davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan va akkreditatsiyadan o‘tgan.
Xalqaro universiteti bo‘lish orqali Kurtin texnologiya univeristeti, Garvard biznes maktabi va Missuri shtati universiteti kabi dunyoning 180 dan ortiq universitetlari bilan talabalar va o‘qituvchilar almashinuv kabi dasturlar bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa talabalar uchun imkoniyatlar dunyosidir.
Maxsus infratuzilmaga ega akademik markaz
Sharda universiteti talabalarga eng ajoyib tajribalarni taqdim etishga harakat qiladi. Universitet o‘zining ulkan imkoniyatlariga va rivojlangan infratuzilmasiga ega bo‘lib, xalqaro standartlarga javob beradigan mamlakatdagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. Bu esa universitetning har bir a’zosiga xavfsiz, qulay va texnologiyalarga boy muhitni yaratadi.
Yangi va samaraliroq texnologiyalar yordamida talabalarning o‘quv tajribasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan universitet texnologik jihatdan takomillashgan o‘quv xonalaridan iborat. Konditsionerlarga ega xonalar, o‘quv xonalari, bir nechta kutubxonalar, zamonaviy seminar xonalari va turli jihozlangan auditoriyalar talabalarni tarmoq orqali aloqalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Universitet resurs markazi orqali talabalarni audio-vizual vositalar bilan ta’minlaydi. Universitet qulay yotoqxona, tibbiy yordam (Sharda kasalxonasi), zamonaviy sport zali va avtoturargohga (talabalar va xodimlar uchun) ega. Universitetning kampusi ekologik toza muhitga ega, chunki u yer tutunsiz hudud bo‘lib, quyoshdan elektr tokini olish, yomg‘ir suvini yig‘ish va qog‘ozni qayta ishlash kabi so‘nggi texnologiyalar mavjud. Universitet talabalar va xodimlarning xavfsizliklarini ta’minlash uchun CCTV kameralari bilan to‘liq ta’minlangan.
Ilg‘or innovatsion dasturlar
Universitet bir qator akademik yo‘nalishlar bo‘yicha keng qamrovli ilmiy dasturlarni, shu jumladan, xalqaro talabalar uchun moslashtirilgan ingliz tilidagi dasturlarni taklif etadi. Kelgusi yillarda Sharda-O‘zbekiston universiteti Osiyodagi yetakchi ilmiy va innovatsion tadqiqot markazlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Yaqin kelajakda muhandislik, menejment, tibbiyot, stomatologiya, huquq, arxitektura, dizayn, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, kompyuter dasturi, fundamental fanlar, hamshiralik, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi, farmatsevtika, fizioterapiya, ta’lim, tillar, animatsiya, qishloq xo‘jaligi, tasviriy san’at va hujayra va saraton biologiyasi yo‘nalishlari ham ochilishi kutilmoqda.
Sharda—O‘zbekiston universiteti insoniyat manfati uchun tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab markazlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Talabalar sanoat loyihalari va real hayotdagi misollar orqali fanlarni o‘rganishadi va Sharda universiteti o‘z hamkorlari bilan almashinuv dasturlari bo‘yicha talabalarni 1 oydan 6 oygacha chet elda o‘qish imkonini beradi.
Sharda universitetining muhandislik dasturlari innovatsion ta’limni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu dasturlar yangi muhandislarga turli xil muhandislik funksiyalari to‘g‘risida amaliy tushunchaga ega bo‘lishga va xususiy tarmoqlarni o‘stirishga yordam beradi. Informatika muhandisligidan tortib to biotibbiyot muhandisligiga qadar talabalarning qiziqishlarini aniqlash uchun turli xil dasturlar mavjud. Muhandislik dasturlari talabalarni inson va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun yechimlarni o‘ylash va bu sohadagi raqobatda ustun kelishlariga undaydi.
Menejment dasturlari esa talabalarni biznes va menejmentdagi muhim kasbiy tajribalarga ega bo‘lishlari uchun tuzilgan. Ushbu dasturlar talabalarni iqtisodiyot, statistika, matematika, buxgalteriya va psixologiya fanlari orqali boshqaruv amaliyoti va tashkilotlarning faoliyati bilan tanishtiradi. O‘quv dasturi mantiq va tahlildan foydalangan holda talabalarning tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Shuningdek, ushbu dasturlar boshqarishning amaliy mahoratini rivojlantiradi, jumladan, jamoa bilan ishlash, tahlil o‘tkazish va natijalarni aniqlash. Talabalar yuqori malakali va tajribali ustozlar rahbarligi ostida ta’lim olishadi va iste’dodlarini rivojlantirish uchun boshidanoq qimmatli bilimlarni olishni boshlashadi. Undan tashqari universitet iste’dodli talabalar uchun 100 foizgacha bo‘lgan grantlarni taqdim etadi.
Texnologiya yo‘nalishidagi talabalar o‘quv dasturining bir qismi sifatida Hindistonda 6 oy mobaynida ishlash imkoniyatiga ham ega. Barcha fanlar ingliz tilida olib boriladi, bu esa talabalar kelajakda dunyo bo‘ylab karyera qilishlariga imkon yaratadi. Universitet texnik va madaniy tadbirlar orqali talabalar o‘rtasida shaxsiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Sharda—O‘zbekiston universiteti Fortune 500 kompaniyalari bilan ishlashni orzu qilganlar uchun eng yaxshi maskandir. Hozirda Sharda—O‘zbekiston universiteti yozgi amaliyot va kampusning joylashuviga bog‘liq vazifalar ustida ish olib boryapti. Microsoft, Amazon, IBM kabi yetakchi kompaniyalar Sharda universiteti kampusiga yangi kadrlarni ishga qabul qilish maqsadida tashrif buyuradi.
Sharda universiteti mamlakatlarning o‘sish mexanizmini boshqaradigan ishchi kuchini ta’minlashi uchun tan olinadi. 350 dan ortiq yirik tashkilotlar universitet kampusiga kadrlarni ishga qabul qilish va yozgi amaliyotlarga yo‘naltirish uchun tashrif buyurishadi, bu esa universitetning yillik faoliyat taqvimining ajralmas qismi hisoblanadi. Universitet talabalar eng so‘nggi yutuqlar va chuqur bilimlarga ega bo‘lishlari uchun muntazam ravishda seminarlar, mehmonlar bilan konferentsiyalar hamda korporativ uchrashuvlarni tashkillashtiradi.
Karyera markazi talabalarni ishga joylashishlari jarayonini osonlashtirish uchun suhbatlar, yozma testlar va intervyularni tashkillashtiradi. Butun mamlakat bo‘ylab ish beruvchi kompaniyalar talabalarni ishga qabul qilish uchun muntazam tarzda tashrif buyurishadi. Sharda Universitet Institutlaridagi maqsadi universitet o‘z talabalarini boshqa oliygohdagi talabalardan ajratib turishdir. Maqsad shunchaki bitiruvchilarni tayyorlash emas, balki jahon standartlariga mos bilimli kadrlarni tayyorlashdir. Sharda Groupning sanoatdagi hamkorlari TCS, Larsen, Turbo, Ranbaxy Laboratories, Pepsi, Samsung, Infosys, Wipro va boshqalardir.
Ko‘p madaniyatli jamoani yaratish
Sharda—O‘zbekiston universiteti talabalari O’zbekistondagi ko‘p madaniyatli kampuslarda joylashgan jamoalarning bir qismiga aylanishadi. 80 dan ortiq mamalakatdan kelgan talabalarni do‘stona kutib olishdan asosiy maqsad madaniy turfa xillikni anglash, shaxsiy va akademik o‘sish, yetakchilik mahoratini oshirishdir. Universitet ushbu maqsadlarga erishish erishish uchun ta’lim dasturlarini boyitish, doimiy treninglar olib olish va madaniy tadbirlarni amalga oshiradi.
Universitet yuqori darajadagi ilmiy va shaxsiy tajribani har bir talabaga taqdim etadi. Talabalar o‘zlarining yetakchi xalqaro akademiklardan iborat univeristet jamoasiga qo‘shiladilar.
Kampusda ko‘p madaniyatlar mavjudligi ajablanarli emas, ammo Sharda universiteti jamoatchilik tuyg‘usini shakllantirishga va talabalarni eng ilg‘or o‘quv muhitini yarata olishi bilan ajralib turadi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun shu ilovani bosing www.shardauniversity.uz
Ma’lumot uchun telefonlarimiz:
+99 895 420 09 09
+99 890 524 37 00
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)