• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hokimlik xulosasi kulgili, prokuratura esa tuhmat masalasini ko‘rib chiqishi kerak”. Xushnud Xudoyberdiyev Olmazor “zamhokimi” bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi

    Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov va “Kun.uz” tahririyati xodimlari o‘rtasidagi hodisa yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi chiqargan qarorga munosabat bildirdi. Quyida huquqshunosning munosabati bilan to‘liq tanishish mumkin.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Zamhokim” va jurnalistlar: voqea aslida qanday bo‘lgandi?

    • “Kun.uz” muxbirlari bir tadbirkor murojaatini o‘rganish uchun Olmazor hokimligiga borganida hokim o‘rinbosari Abdurasul Vahobov muxbirlarga qarata “o‘zbekmisan” deya baqirib tashlanib qolgan;
    • Ertasi kuni Toshkent shahar hokimligi “zamhokim”ning intervyusini e’lon qildi. U “Kun.uz” nashri muxbiri olti oy avval undan 1 gektar yer olib berishni so‘ragani, evaziga katta pora va’da qilgani, u esa rad javobini berganini aytdi. Olti oy o‘tgach, muxbir yana o‘sha masalani ko‘targani uchun, unga tashlanganini ma’lum qildi;
    • “Kun.uz” nashri bayonot bilan chiqib, bu gaplar tuhmatligi, muxbir Rahmatilla Isroilov tuman hokimi o‘rinbosari bilan hayotda ilk marotaba ko‘rishib turgani, ilgari hech qachon o‘zaro ko‘rishmagani bildirib, qolganini tegishli organlar ixtiyoriga havola qilgandi;
    • Jurnalist Rahmatilla Isroilov esa bosh prokuror nomiga murojaat yo‘llab, “zamhokim” uni og‘ir jinoyatni sodir etish (pora berish)da ayblab, tuhmat qilganligi, shu sababli unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan edi;
    • Bosh prokuratura esa mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tekshirish o‘tkazayotganligini bildirgan edi.
    Qisqacha shu.

    Prokuraturaning qarori

    Toshkent shahar prokuraturasi ushbu holatni o‘rganib, hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilibdi. Ya’ni, “zamhokim”ning hokimiyat binosida jurnalistga tashlanganlik holatini jinoyat emas deb topgan.

    Mavzuga doir: Olmazor “zamhokimi”ning jurnalistlarga tashlanishi “kasb etikasiga to‘liq mos” deb topildi. Prokuratura unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi

    Aslida ushbu qaror huquqiy jihatdan noto‘g‘ri emas. Ya’ni, haqiqatan ham videolavhaga muhrlangan harakat uchun jinoiy javobgarlikka tortib bo‘lmaydi. Jurnalistga tashlanib, kamerani o‘chirishni talab qilish uchun Jinoyat kodeksida biror jinoiy jazo belgilanmagan. Bu ish uchun balki nari borsa mayda bezorilik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish mumkindir. Jinoiy va ma’muriy javobgarlik o‘rtasida farq bor.

    Agar Toshkent shahar prokuraturasining qarori huquqiy jihatdan noto‘g‘ri bo‘lmasa, unda nega ijtimoiy tarmoqlar yana norozilik bildiryapti? Sababi juda oddiy, chunki “zamhokim”ning jurnalist pora taklif qilgani haqida aytgan gaplari bo‘yicha hozircha hech qanday izoh berilmagan. Qarorda ham bu holat umuman eslanmagan.

    Jamoatchilik haqli savol beryapti: “zamhokim” gaplari uchun javob bersin, nega masalaning bu qismini unutib qo‘yyapmiz?

    Olmazor hokimligining kulgili xulosasi

    Olmazor hokimligi xizmat tekshiruvi o‘tkazib, Abdurasul Vahobovning harakatlarini kasb etikasi va xizmat lavozimi majburiyatlariga to‘liq rioya qilgan, deb topibdi. Bu ham kulgili, ham qayg‘uli.

    Bizda savollar bor:

    • Nima uchun zamhokim harakatlarini Olmazor hokimligining o‘zi tekshirdi?
    • Masala jiddiyligini hisobga olib, nega Toshkent shahar hokimligi tekshirib, xulosa bermadi?
    • Odob-ahloq qoidalarini buzganligi ko‘rga hassaday ko‘rinib turgan bir paytda, holatni o‘rganishni Olmazor hokimligiga topshirish qaysi mantiqqa to‘g‘ri keladi?
    Shu qaror qabul qilgan “kottakonlar” Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari”ni hech qo‘liga olib ko‘rganmikin, qiziq?

    Yoki hokimlarning kasb etikasi uchun jurnalistga hamla qilish oddiy holatmi?

    Endi nima bo‘ladi?

    Toshkent shahar prokuraturasining bu qarori yakuniy qarormi yoki tuhmat masalasi alohida yana ko‘rib chiqiladimi, bunisidan xabarsizman. Lekin u masala ko‘rilishi shart va zarur! Bu yerda masala aniq va tiniq:
    • pora taklif qilgani rost bo‘lsa, jurnalist javobgarlikka tortilsin, axir bu korrupsiya!
    • agar bu tuhmat bo‘lsa, unda “zamhokim” javobgarlikka tortilsin, axir bu muttahamlik!
    Lekin shaxsan men “zamhokim”ning intervyusidagi gaplarga ishonmadim, ishona olmadim.

    Voqealar rivojini kuzatib boramiz. Ishqilib, “zamhokim”ning ushbu qilmishiga mutasaddilar hech narsa bo‘lmaganday ko‘z yumib, oxirida jamoatchilikka qarab — “ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin ko‘ngil” demasa bo‘ldi.

    Xushnud Xudoyberdiyev, huquqshunos, bloger

    25.09.2019, 21:27   Izoh (0)   25323
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maktablarda yangi direktor o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi

    25.09.2019, 20:56

    Xorazmlik fuqaro “Sharqona lotto”ning 2,5 mlrd so‘mlik rekord jekpotini qo‘lga kiritdi

    25.09.2019, 20:14

    Shavkat Mirziyoyev Diyego Garsiya-Sayanni qabul qildi

    25.09.2019, 19:57

    Qashqadaryodagi Damas’lar to‘qnashuvida 5 kishi halok bo‘lgan. YTH oqibatida har ikki mashina yonib ketgan

    25.09.2019, 19:42

    O‘zbekistonda 63 ta kompaniyaning davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi

    25.09.2019, 19:29

    O‘zbekistonda OTM rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimi takomillashadi

    25.09.2019, 18:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Arsenal” yetakchisi 4 haftaga safdan chiqdi

    Sport | 25 avgust, 17:01

    Ilon Mask Starship kosmik kemasi uchirishilini so‘nggi daqiqada bekor qildi (video)

    Dunyo | 25 avgust, 17:00

    Malika Diana vafotining 30 yilligiga bag‘ishlab film suratga olinadi

    Layfstayl | 25 avgust, 16:49

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:41

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 12 305 so‘mgacha tushdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:21

    O‘zbekistonda Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:12

    “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmi qanday suratga olingan?

    Kino | 25 avgust, 15:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.