Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining yarim final janglari 20-sentabr, juma kuni yakuniga yetdi.
O‘zbekiston sharafini +91 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Bahodir Jalolov yarim final jangida rossiyalik Maksim Babaninga qarshi ringga ko‘tarildi. Bahodir jang davomida raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi. Hakamlar esa Jalolovning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.
Finalga chiqqan o‘zbekistonlik bokschilar ro‘yxati:
- -52 kg: Shahobiddin Zoirov
- -57 kg: Miraziz Mirzahalilov
- -81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
- +91 kg: Bahodir Jalolov
Jang videosini “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’da tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)