“Markaz – 2019” qo‘mondonlik-shtab strategik o‘quvlari o‘tkazishga hozirlik ko‘rayotgan o‘zbekistonlik va tojikistonlik harbiylar “G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yubordi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiMashg‘ulot rejasiga asosan, noqonuniy qurollangan jangarilar guruhi Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida harakatlanayotgani haqida razvedka ma’lumotlari kelib tushgan. Shartli dushmanning qaysi davlat hududida ekanligi noaniqligi sabab ikki davlat harbiylari chegara tumanida bir vaqtda razvedka-qidiruv ishlarini boshlagan holda harakatlanadi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiMaxsus-taktik operatsiya davomida ikki davlat bo‘linmalari harbiy aviatsiya, yengil zirhlangan mashinalar va artilleriya qo‘shinlari ko‘magida jangarilar to‘dasini butkul yakson qilishi lozim. Mazkur o‘quv O‘zbekiston va Tojikiston harbiylariga chegara hududlarida birgalikda maxsus-taktik amaliyotlarni olib borish, terroristik xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish imkoniyatini beradi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiMashg‘ulot o‘tkazilgan maydonda taktik o‘quvlarning samaradorligini oshirish uchun shartli chegara hududi tashkil etildi. O‘quv oldi mashg‘ulotida bo‘linmalar o‘zaro uyushqoqlik bilan harakat qilganligi shartli terrorchilarni yo‘q qilish operatsiyasi samaradorligini oshirmoqda.

Izoh (0)