O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 16-sentabr, dushanba kuni Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
“Vazir Indoneziya sobiq prezidenti Buxoruddin Yusuf Habibiyning vafot etgani munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etdi va elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga tegishli qaydni kiritdi”, — deyiladi xabarda.
1998-yilda Indoneziyaga prezidentlik qilgan Buxoriddin Yusuf Habibiy 2019-yil 11-sentabr kuni 83 yoshida vafot etgan edi. Uning vafoti munosabati bilan Indoneziyada 14-sentabrgacha milliy motam e’lon qilingan edi.
Izoh (0)