11-sentabr kuni soat 18:26 da Toshkent shahrining Chilonzor tumani “Shuhrat” MFY 19-daha 31-uyning 4-qavatidagi 8-xonadonda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar tushgan. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar bermoqda.
Sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishga 2 ta asosiy va 1 ta maxsus yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rsatilgan manzilga bo‘linmalar soat 18:34 da yetib borgan vaqtda ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan quyuq tutun chiqayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in tezda bartaraf etilib, yong‘indan uyning 27 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan va alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.
“Achinarlisi, yong‘inni bartaraf etish vaqtida uy egasi (1-guruh nogironi) 1963-yilda tug‘ilgan fuqaro S.S.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in oqibatida yashash uyidagi 3 kvadrat metr maydonda to‘shak yonib zararlangan. Yong‘inning taxminiy sababi sigareta chekishda ehtiyotsizlik”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)