Xitoy aholisi, shu shumladan Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari 2020-yilning 1-yanvaridan O‘zbekistonga 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirish imkoniga ega bo‘ldi.
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilinishicha, bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 12-sentabrdagi farmonida qayd etilgan.
Bundan avval O‘zbekiston yana 20 ta davlat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etgan edi.
Izoh (0)