8—9-sentabr kunlari Turkmanistonning Mari viloyatidan 1,5 ming nafar muddatli xizmat askari Axal viloyatiga paxta yig‘im-terimida ishtirok etish uchun yuborildi.
Mazkur sanalarda Mari—Ashxobod yo‘nalishiga yo‘lovchi poyezdlariga chiptalar sotilmagan.
Ashxobod va uning atrofidagi hududlarda joylashgan harbiy qism xizmatchilari 1-sentabrdayoq paxta dalalariga jo‘natilgandi.
Manbalarga ko‘ra, Mari viloyatining barcha tumanlari kommunal xo‘jalik xizmatlari xodimlari, jumladan, haydovchilar ham tez orada Axal viloyatiga paxta yig‘im-terimiga yuborilishi haqida ogohlantirilgan.
Avval xabar berganimizdek, Turkmaniston paxtakorlariga prezidentning o‘g‘li hokimlik qiladigan Axal viloyatiga xirmonni birinchi bo‘lib ko‘tarishda yordam berish buyurilgan.
Izoh (0)