O‘zbekistonda 2018-yil 1-apreldan 2019-yil 1-avgustgacha jismoniy shaxslar mobil dasturlar orqali 668,4 million dollar sotib oldi, deb yozmoqda Spot.
Bu haqda Markaziy bankning 10-sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingida ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda 2018-yilning mart oyi oxirida onlayn konvensiyaga ruxsat berilgan, aprel oyi boshlarida esa bu xizmatni 9 ta bank taqdim etishni boshlagandi. Kelgusida ularning soni ortishda davom etgan.
2018-yil boshida omonatlarni masofadan turib ochish va yopishga ruxsat berildi va iyun oyida bunday xizmatlar allaqachon 13 bankda mavjud edi.
Shuningdek, matbuot anjumanida 1,5 yil davomida o‘zbekistonliklar onlayn ravishda omonatlarga 459,4 milliard so‘m joylashtirganligi va 238,2 milliard so‘mlik kreditlar olganligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)