Mirobod tumani IIO FMBga 20 yoshli Artyom A. murojaat qildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
O‘z murojaatida dori vositalarini xarid qilish uchun undan ma’lum miqdorda pul olgan 18 yoshli Ruslan F.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Naqd puli bo‘lmaganligi sababli, Artyom Ruslanga o‘z bank kartasini bergan.
Kartani olgan Ruslan Artyomning roziligisiz o‘z telefoniga Click o‘rnatib, o‘z bank kartasiga 11 409 048 so‘m miqdoridagi pullarni ko‘chirib olib, ularni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sizning ishonuvchanligingizdan hattoki tanishlaringiz ham foydalanishlari mumkin. Bu kabi holatlarga duch kelmaslik uchun ichida katta miqdordagi pullar bo‘lgan bank kartochkangizni birovga bermang”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Izoh (0)