Toshkentda nazoratsiz qoldirilgan bolalar uyni yoqib yubordi, deb xabar beradi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.
2-sentabr, dushanba kuni soat 10:20 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Sayram” MFY Qalandar tor ko‘chasida joylashgan 4/1 va 16-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 10:24 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 10:40 da qurshab olingan va 10:51 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida 4/1-uyning 40 kvadrat metr maydonda va 16-uyning 20 kvadrat metr maydonida tom qismlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning 200 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Nazoratsiz qoldirilgan yosh bolalarning gugurt o‘ynashi natijasida mazkur holat yuzaga kelgan, deya taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)