5000 AQSh dollari evaziga saratonga davo ko‘rshapalak uyasini topib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 33 yoshli D.N. 20-mart kuni O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 38 yoshli A.U.ga saraton va boshqa og‘ir kasalliklarga davo bo‘luvchi ko‘rshapalak uyasini topib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan 5 000 AQSh dollari olgan va pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.N. qo‘lga olingan.
Izoh (0)