• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Usta va Margarita” XX asrning eng buyuk romanimi?

    “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani haqida hikoya qiladi.

    Fleshbek

    Ushbu romanni birinchi marta, adashmasam, 12 yoshlarimda bolalar oromgohida o‘qigan edim. Hech narsaga tushunmaganman va yarmida tashlaganman. Keyin uni 16 yoshimda qayta o‘qib ko‘rganman va yana hech narsaga tushunmay, yarmidan ko‘pini o‘qiganman. Uchinchi marta esa 20 yoshimda, Moskvada o‘qib yurgan kezlarim qo‘limga olganman, asardagi voqealar Moskvada bo‘lib o‘tishini hisobga olgan holda asar menga qiziq tuyula boshlagan, lekin, oxirigacha o‘qib chiqsam-da, nimasi shedevrligini tushunmaganman. Facebook’dagi guruhlarda bu asar buyuk emas deb tortishib yurganman.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Nihoyat, 2017-yil romanni audokitob shaklida eshitib yurdim. Ayni o‘sha paytlar SSSR tarixiga oid fundamental kitoblarni o‘qib o‘rganayotgan edim. Aynan o‘sha payt bu asar XX asrning eng buyuk asarlaridan biri bo‘lganini his qildim. Asardagi har bir voqea aslida boshqa voqealarni o‘z ichida yashirganini anglay boshladim. Judayam og‘ir bu asarni tushunish uchun, u badiiy bo‘lsa-da, tarix bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan holdagina o‘qib tushunish mumkinligiga amin bo‘ldim. Oldin o‘qigan davrlarimda esa xuddi burni bitib ta’m bilmay qolgan odam eng mazali ovqatni his qilmaganiday o‘qigan ekanimni anglab yetdim.

    Roman haqida

    “Usta va Margarita” – mashhur rus yozuvchisi Mixail Afanasyevich Bulgakovning romani. Asar yozilishi 1920-yil oxirida boshlanib, yozuvchining vafotigacha davom etgan. Yozuvlarni tahrirlash va yig‘ish, yozuvchining bevasi – Yelena Sergeyevna tomonidan adibning vafotidan keyin amalga oshirilgan. “Muhandis tuyog‘i”, “Qora sehrgar” deb nomlangan romanning birinchi versiyasi 1930-yilda Bulgakov tomonidan yo‘q qilingan. Romanning so‘ngi nomi – “Usta va Margarita” 1937-yilda paydo bo‘lgan. Asarning qisqartirilgan shaklda birinchi nashri 1966–1967-yillarda amalga oshirilgan. Kitobning rus tilidagi birinchi to‘liq nashri 1967-yilda Parijda chiqqan. Asar asosida juda ko‘p filmlar va seriallar suratga olingan va sahnalashtirilgan.

    Syujet

    Asarda ularning har biri mustaqil ravishda rivojlanadigan ikkita hikoya chizig‘i mavjud. Birinchisi XX asrning 30-yillari may oyida, bir necha to‘lin oy kunlari davomida Moskva shahrida, ikkinchi hikoya chizig‘i ham may oyida, ammo deyarli ikki ming yil oldin, yangi davr boshida Yershalaim (Quddus) shahrida bo‘ladi. Roman shu tarzda qurilganki, asosiy hikoya chizig‘ining boblari ikkinchi hikoya chizig‘ini tashkil etadigan boblar bilan kesishadi.

    “Usta va Margarita” filmidan kadr

    “Usta va Margarita” filmidan kadr

    May oyining eng issiq kunlaridan birida Moskva shahrida Voland ismli kimsa paydo bo‘ladi. U o‘zini qora jodu bo‘yicha mutaxassis qilib ko‘rsatmoqchi, aslida esa u – Shayton. Uni birinchi bo‘lib katta jurnal muharriri Berlioz va shoir Ivan Bezdomniylar Patriarx ko‘li yonida uchratib qoladi. Ular o‘sha payt Iso Masih haqida bahslashardi.

    Volandning ta’kidlashicha, Iso Masih chindan ham mavjud bo‘lgan va buni Berliozning boshi kesilib ketish ortidan o‘lim topishini bashorat qilish bilan tasdiqlaydi. Ivan Bezdomniy ko‘z o‘ngida Berliozni tramvay bosib ketadi. Shoir Volandning ortdan quvib yetib olishga besamar urinadi. Keyin Massolitga (Moskva adabiy uyushmasi) kelib, bo‘lib o‘tgan voqea haqida shunchalik bema’ni va betartib aytib berganidan uni shahar chekkasidagi ruhiy kasalxonasiga yuborishga harakat qilishadi.

    Voland marhum Berlioz bilan birga yashagan “Varyete” teatri direktori Stepan Lixodeyevning uyiga kelib, unga Lixodeyevning o‘zi yozgan, Volandning teatrda tomosha ko‘rsatishi haqidagi shartnomani taqdim etib imzolatadi. Keyin Lixodeyevni kvartiradan haydab chiqaradi va u tushunarsiz g‘alati holatda Yalta shahrida paydo bo‘lib qoladi.

    Volandga g‘alati mulozimlar: chiroyli jodugar Gella, dahshatli Azazello, Korovyov (Fagot) va qo‘rqinchli qora mushuk ko‘rinishidagi Begemot hamrohlik qiladi. 302-uyning uy-joy fondi raisi Nikanor Ivanovich Bosoy 50-kvartiraga keladi va u yerda Korovyovni topadi. U Berlioz vafot etgani, Lixodeyev esa Yaltaga ketganini aytib, kvartirani Volandga ijaraga berishni taklif qiladi, ko‘p ishontirishlardan keyin Nikanor Ivanovich rozi bo‘ladi. Nikanor Ivanovich Korovyovdan kvartira uchun 400 rubl olganidan so‘ng ularni mo‘ri ichiga yashiradi. Xuddi shu kuni uni noqonuniy valyuta saqlagani uchun hibsga oladi, chunki bu rubllar dollarga aylanib qolgan edi.

    “Varyete”ning moliyaviy direktori Rimskiy va ma’mur Varenuxa Lixodeyevni qidirib topishga samarasiz urinmoqda, u esa o‘z navbatida telegramma ortidan telegramma yo‘llab, o‘z shaxsini tasdiqlashga va hech bo‘lmaganda Yaltadan qaytish uchun yetarli pul olishga urinmoqda. Bu ahmoqona hazil degan qarorga kelib, Rimskiy Varenuxani telegrammalarni olib, ularni kerakli joyga topshirish uchun yuboradi, lekin Varenuxa o‘z manziliga yetib bormay Begemotning qo‘liga tushadi.

    Kechqurun “Varyete” sahnasida buyuk sehrgar va mulozimlarining chiqishlari boshlanadi. Voland Korovyovning ro‘parasida qurol otib, undan pul yomg‘irini uyushtiradi, odamlar osmondan tushgan pulga tashlanadi. Sahnada xonimlar uchun do‘kon ochiladi, zalda o‘tirgan har bir ayol o‘ziga ajoyib kiyimlarni tekinga tanlab olishi mumkin. Spektakl tugaganidan birmuncha vaqt o‘tgach, barcha pullar oddiy qog‘ozga aylanadi va ichki kiyimlaridagina qolgan ayollar uylariga shoshilishga majbur bo‘ladi, chunki ular kiygan narsalarning hammasi izsiz yo‘qolgan edi.

    “Usta va Margarita” filmidan kadr

    “Usta va Margarita” filmidan kadr

    Spektakldan so‘ng Rimskiy o‘z kabinetida o‘tirarkan, Varenuxa va uni vampirga aylantirgan Gella uning yoniga keladi. Varenuxaning soyasi yo‘qligini ko‘rib, Rimskiy qochishga harakat qiladi, xo‘roz qichqirig‘ini eshitadi va vampirlar yo‘qoladi. Rimskiy darhol poyezd bilan Sankt-Peterburgga jo‘nab ketadi.

    Shoir Ivan Bezdomniy ruhiy xastaliklar kasalxonasida Usta bilan uchrashadi. Usta o‘zi haqida gapirib beradi. U tarixchi edi, muzeyda ishlagan. Katta yutuqqa erishgach, Arbat ko‘chasidan kvartira ijaraga olishga qaror qiladi va u yerda Pontiy Pilat haqida roman yozishni boshlaydi. Bir kuni u ko‘chada Margaritani uchratadi. Ular darhol bir-birlarini sevib qoladi va Margarita hurmatli odamlardan birining xotini bo‘lishiga qaramay, har kuni Ustaning oldiga tashrif buyuradi. Usta o‘z romanini yozib tugatadi, keyin uni muharrirga topshiradi, ammo ular romanni nashr etishdan bosh tortadi. Kichik parchasi nashr qilingan bo‘lsa ham, u tanqidga uchraydi, shundan so‘ng Usta aqldan ozib qoladi.

    Ertalab Margarita biron hodisa bo‘lishi kerakligini his qilib uyg‘onadi va parkka piyoda sayr qilish uchun boradi. U yerda Azazello bilan uchrashadi. Azazello, o‘z navbatida, uni Voland bilan uchrashishga taklif qiladi; Margarita rozi bo‘ladi. Azazello unga sehrli krem beradi, uning yordamida Margarita ucha olishi mumkin. Voland Margaritadan u uyushtirayotgan balning malikasi bo‘lishini so‘raydi va buning evaziga xohlagan narsasini bajarishga va’da beradi. Yarim tunda Iblis bazmi boshlanadi. Erkaklar fraklarda, ayollar esa yalang‘och. Bal tugagach, Margarita Ustani unga qaytarib berishni so‘raydi. Voland va’dasini bajaradi.

    Ikkinchi syujet liniyasida bo‘lib o‘tadigan voqealar Usta yozgan romandan olingan. Saroyda Rim prokuratori Pontiy Pilat hibsga olingan insonni so‘roq qilar ekan, u qaroqchi emas, shunchaki adashgan faylasuf ekanini tushunadi, lekin baribir aybdor deb topib, hukm chiqaradi. U Kaifa mahkumlardan birini qo‘yib yuborishiga umid qilmoqda, ammo Kaifa buni rad etadi. Levi Matvey Ga-Nozrining va’zlarini keltiradi va Pontiy Pilat “Eng dahshatli razillik – bu qo‘rqoqlik” deb o‘qiydi.

    “Usta va Margarita” filmidan kadr

    “Usta va Margarita” filmidan kadr

    Moskva. Kunbotarda Volandning mulozimlari shahar bilan vidolashmoqda. Quyosh botganda Levi Matvey paydo bo‘ladi va ularga Ustani o‘zlari bilan olib ketishni taklif etadi. Azazello Ustaning uyiga Volanddan sovg‘a deb sharob olib keladi. Sharobni ichishgach, qora tulporlar Usta, Margarita, Voland va uning mulozimlarini olib ketadi.

    Tahlil

    Mixail Bulgakovning eng taniqli asari – “Usta va Margarita”ni o‘qigandan so‘ng bu yozuvchini insoniyatning ziddiyatli o‘ziga xosligi ramzi, doimiy abadiy baxtni qidirishdan hafsalasi pir bo‘lgan, inson ichki olamini yoritib beradigan bir nechta mavzu haqida fikr yuritadigan inson sifatidagina emas, baxt va mangulikni, u majburiy ravishda birga yashashi kerak bo‘lgan jamiyatning erksizligi va adolatsizlikning katalitik ovozi sifatida qabul qilasan. Go‘yoki Bulgakovning ushbu shedevr asari bularning paradigmasi, ayniqsa u hech qachon hayotligida ushbu asarini nashr eta olmaganini bilgach, buni yaqqol sezasan.

    Hayotdan va uning ijtimoiy-siyosiy muhitidan juda charchagan, urush oqibatlari va kasallikdan ezilgan odamni va u shunday yashashda davom etayotgani uchun minnatdorlik bildirishi kerak bo‘lgan siyosiy rejim tomonidan intellektual va ijodiy jihatdan amputatsiyaga uchragan yozuvchini tasavvur qiling.

    Asar bizga Bulgakovni diniy ma’noda ham (oilasidan meros qolgan), estetik jihatdan ham (mumtoz adabiyotga bo‘lgan ishtiyoqi uchun) mistik sifatida namoyon qiladi. Romanda muallifning o‘zi Xudo va Iblis, ijodkor va tanqidchi, aristokrat burjua va proletar rollarini o‘ynaydi. Asar voqealari qurshovida bo‘lgan Bulgakov tinimsiz insonlarda yaxshilikka intilishni qidiradi. O‘zi juda yaxshi biladigan muhitni oziqlantiruvchi badiiy doiralarning soxtalik orasidagi beg‘uborlik va insoniyligini izlashga astoydil harakat qiladi. San’at, axloq va insoniyat o‘rtasidagi dahshatli va jimjit qarama-qarshilikni, o‘z-o‘zini aldagan va bir-biriga begonalashtirilgan jamiyatda, qalam orqali buzishga harakat qiladi.

    “Usta va Margarita” filmidan kadr

    “Usta va Margarita” filmidan kadr

    Bulgakov ikki marotaba turmush qurganidan keyin Yelena Shilovskayada tugallanmagan “Usta va Margarita”ni yozib bitirish uchun hissiy rag‘bat va badiiy ilhomni topgandi. U bu asarni baxtsiz mavjudotligini faqatgina tasavvur orqali qutqarishi mumkin bo‘lgan Ustaning (Bulgakov) va Margaritaning (Shilovskaya) hayot alangasiga tashlashni xohladi. Xayriyatki, uning ayoli qo‘lyozmalarning ko‘p qismini qutqarib qoldi, ba’zi qo‘lyozmalar kulga aylanib, Bulgakov xotirasini qayta yozish orqali tiklandi. Aytganimdek, roman muallifning hayoti davomida va XX asrning o‘rtalarigacha nashr qilinmagan. Oxir-oqibat bu asarni adib vafotidan keyin 27 yil o‘tgach, 1966-yilda, Sovet Ittifoqidagi maxfiy nashriyotlarda chop etilgan paytda o‘qish mumkin bo‘ldi.

    “Usta va Margarita” odatda fantastik satira deb ta’riflanadi. Bu asar, tarixda yozilgan buyuk tahliliy adabiyotlar kabi, real vaziyatni tushintirish uchun fantastik tasavvurdan foydalanib yozilganini eslatib o‘tishim kerak. Bunday asarlarni aniq tahlil qilish va nomukammalikka asoslangan go‘zal asarlar olamida yashayotgan qahramonlarni his etish uchun voqelik ustidan tasavvur yordamida xayoliy uchib o‘tish kerak. Fantastik voqealarga asoslangan bo‘lsa-da, o‘sha badiiy asarni boqiy va universal qiladigan narsa aynan shu tasavvurdan foydalana bilishdir.

    Bulgakov, XX asrning boshqa ko‘plab buyuk sotsial realist yozuvchilaridan farqli o‘laroq, badiiy janrga fantaziyani qo‘shadi. Sovet jamiyatidagi ijodkorlar o‘z asarlarida nigilizm va inqilob tomonidan ilgari surilgan kommunistik g‘oyalarni birlashtirishlari kerak edi. Bulgakov dastlab g‘oyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa-da, tez orada u o‘zgarib borayotgan yirtqich hayvonga aylanayotganini angladi.

    Shunday qilib, yozuvchi o‘z asarida ajoyib chuqur ma’noli xristian afsonasini ijro etadi, ammo u duch kelgan qatag‘on davri “jin”larini quvib chiqarish va ularni buffa operasi qahramonlariga aylantirish uchun buni faqat ruhiy, afsonaviy va ramziy jihatdan xristianlikka bog‘lab amalga oshiradi xolos. Usta va Margarita – insoniy qadriyatlarning haqiqiyligini ifoda etuvchi asar, shuningdek, ikkiyuzlamachilikka, ijtimoiy urf-odatlarga, qo‘rquvga, yolg‘onga, xudbinlikka va mag‘rurlikka qarshi satirik qo‘zg‘olon. G‘ayritabiiy fakt orqali buni ifoda etishning eng yaxshi usuli – mushuk, jodugar va jinlardan bo‘lgan ikkita yordamchisi bilan birga g‘alati sehrgar Voland ko‘rinishidagi Shaytonning asarda paydo bo‘lishi edi. Do‘zaxdan kelgan bu qahramonlar davr adabiyotining byurokratlari, vrachlar, san’atkorlar, aksilburjua jamiyatida yashovchi kichik burjua vakillari atrofida aylanib, ularni mazax qiladi va manipulyatsiya yordamida ba’zan kulgili va quvnoq, ba’zan esa dahshatli va shafqatsiz tarzda totalitar jamiyatning psixologik muammolarini ochib beradi.

    Bulgakov tanqid qilish elementini yo‘qotmasdan Stalin qatag‘onlari va uning butun boshli xalqlarni deportatsiya qilish kabi siyosatlarini asarda odamlar biror sababsiz g‘oyib bo‘lib qolishi yoki minglab kilometr uzoq joyga ko‘chib qolishi bilan tasvirlasa, Voland teatrda tomosha ko‘rsatgan qismida jamiyatning erkin tanlash huquqiga va ozodlikka tashna ekanligini yoritib bergan, bolshevik Rossiyasining dahshatli holatini xayolot ortiga yashirgan buyuk yozuvchi edi.

    Asar syujeti juda noan’anaviy bo‘laklardan tashkil topgan tuzilishga ega. “Usta va Margarita” ichidagi Ustaning Pontiy Pilat haqidagi asari ham kitobning syujetini tashkil qiladi, shuning uchun ko‘pchilik uni bir martada o‘qib tushunib olishi juda qiyin. Asarda kichik hikoyalarning bo‘laklari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, toki Iblis ularni ag‘darib tashlamagunicha... Lekin eng yaxshi qismi, shubhasiz, o‘quvchini makon va vaqt ichida Iso Masihning azoblari aks etgan tarixiy Quddus shahriga ko‘chirganida o‘qiladi. Bunda adib ayniqsa dialoglar orqali hayajonli muhitni yaratib, Pontiy Pilatning psixologik xarakterini ochib beradi. Uni Sovet jamiyatining o‘sha davrdagi holati va yozuvchining ichki mojarosi bilan taqqoslash uchun xizmat qiladigan qo‘rquv arxetipi g‘oyasining namoyishi sifatida juda mohirlik bilan tasvirlagan.

    Xulosa

    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, asarda muallif o‘quvchini ko‘p narsalardan ogohlantiradi va uni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Hech narsa jazosiz qolmasligini muallif o‘quvchiga isbotlaydi.

    Levi Matvey bilan suhbatda Voland qiziq bir narsani aytadi: “...agar yovuzlik bo‘lmasa, sening ezguligingdan nima foyda bo‘lar edi va agar soyalar yo‘qolsa, yer qanday ko‘rinishga ega bo‘lar edi?”

    “Usta va Margarita” filmidan kadr

    “Usta va Margarita” filmidan kadr

    Bulgakov shuni aniq aytadiki, qorong‘uliksiz yorug‘lik bo‘lmaydi – bu to‘liq hayot uchun zarurdir. Shubhasiz, bu ikki kuch hamisha muvozanatda bo‘lishi kerak.

    Kitobning tarixi ko‘plab sir-asrorlarni yashiradi, ammo bunda oddiy haqiqatlardan biri ayon bo‘ladi: dunyo yovuzlik va ezgulik bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydigan yaxlit murakkab tizimdir. Insonlarning harakatlari faqat o‘ziga bog‘liq, tabiiyki, o‘z hayotini va taqdirini odamlarning o‘zlari yaratadi, yaxshi va yomonning nisbiy tushunchalarida nimani tanlashni insonning o‘zi hal qiladi.

    Bu asarni barcha o‘qib chiqishi kerak – u Stalin qatag‘onlari alangasidan omon qolgan adabiy xazina va XX asrning eng yaxshi romanlaridan biridir. Muhabbat va insonlarga rahm shafqat tuyg‘usiga yo‘g‘rilgan, xayolot mahsuliga boy bo‘lgan, yillar o‘tsa-da, afsuski, mohiyati va dolzarbligini yo‘qotmagan ijtimoiy satira.

    Iqtiboslar

    Ha, inson o‘ladi, ammo bu muammoning yarmi xolos. Yomon xabar shundaki, u ba’zan to‘satdan o‘lib qoladi, mana gap nimada!

    Sevgan inson sevgan kishisining taqdirini bo‘lishishi kerak;

    G‘isht sababsiz hech qachon hech kimning boshiga tushib ketmaydi;

    Dunyoda yovuz odamlar yo‘q, faqat baxtsiz odamlar bor;

    Qo‘lyozmalar yonmaydi.

    Qiziqarli faktlar

    - Ayrim tahlilchilarning fikriga ko‘ra, asardagi depressiv va mistikaga boy syujet, Iso Masihning azoblari haqidagi qismlar va mana bu so‘zlar: “Shunday qilib, u o‘sha kuni ko‘chaga ataylab sariq gullar ko‘tarib chiqib ketgan ekan, men uni topib olishim uchun, bordi-yu o‘sha kuni bu uchrashuv yuz bermaganida u zahar ichib o‘z joniga qasd qilgan bo‘lar ekan, chunki uning hayotida ma’no yo‘q edi...” – asosan o‘smir yoshdagi, depressiyaga uchragan qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan omil deb hisoblanishi mumkin emish;

    - Moskvada hech qachon “Varyete” degan teatr bo‘lmagan. Ammo roman keng omma ichida mashhur bo‘lib ketgach, birdaniga bir necha teatr shu nomni olishga da’vogarlik qilgan;

    - Aytishlaricha, Bulgakovning kvartirasini NKVD xodimlari bir necha bor tintuv qilishgan va ular “Usta va Margarita”ning nusxasi mavjudligidan, uning mazmunidan xabardor bo‘lgan. Bulgakov, shuningdek, 1937-yilda Stalin bilan telefon orqali suhbatlashgan (suhbat mazmuni hech kimga ma’lum emas).

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    “Kitobni yoqishdan ham kattaroq jinoyat bor”. “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asari haqida

    Yolg‘izlik – ichimizda. “Yolg‘izlikning yuz yili” romani haqida

    “Mafiya o‘lmasdir”. “Cho‘qintirgan ota” romani haqida

    “Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli”. “Molxona” asari haqida

    Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida

    Jinoyat huquqi haqida o‘ylar. “Jinoyat va jazo” romani haqida

    Matonat – muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li. “Martin Iden” romani haqida

    02.09.2019, 08:31   Izoh (0)   98010
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shampun saratonni keltirib chiqarishi mumkinmi?

    Layfstayl | 2 iyun, 17:05

    “10 marta qizil chiroqdan o‘tgan haydovchini potensial qotil deyish mumkin” — Zoir Yo‘ldoshev

    O‘zbekiston | 2 iyun, 16:55

    Gilos sog‘liq uchun foydami yoki zarar?

    Layfstayl | 2 iyun, 16:48

    “Real” Modrich o‘rniga 100 mln yevrolik futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 2 iyun, 16:32

    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi

    Reklama | 2 iyun, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.